Statistik ma’lumotlar - Jahon banki “Jahon iqtisodiyotining istiqbollari” hisobotini taqdim etdi. Unga koʻra, joriy yil O'zbekistonda iqtisodiy o‘sish 4,9 foizni tashkil etadi.
- Qayd etilishicha, 2023-yil Rossiyada retsessiya va Xitoyda sekin o'sish Markaziy Osiyodagi iqtisodiy faollik darajasiga salbiy ta'sir qiladi. Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda mintaqaning iqtisodiy o‘sishi 3,9 foizni tashkil etadi. Jumladan:
- — Qozog'istonda - 3,5% ga — Qirg'izistonda - 3,5% ga — Tojikistonda - 5% ga
- Ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotning oʻsish darajasi 5,7% ga yetgan. Shuningdek, o'tgan yilda O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotgan davlatlardan biri bo'ldi. Undan tashqari O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari hajmi bir yilda 74% ga oshgan. Markaziy bank esa avvalroq muammoli kreditlarning hajmi kamayib, 5,3 trln so‘mni tashkil etganini ma'lum qilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |