Iqtisodiy o'sishda fiskal siyosat tushunchasi tahlili mundarija: Kirish
Davlat byudjeti va uning taqchilligi
Download 33.01 Kb.
|
IQTISODIY O\'SISHDA FISKAL SIYOSAT TUSHUNCHASI TAHLILI
3. Davlat byudjeti va uning taqchilligi
Bunda milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi. 4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; 5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 6. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi. Moliya tizimiga yuklatilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslarining to‘g‘ri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanish moliya faoliyatiga, uning vazifalari real bajarilishiga bog‘liq. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul mablag‘lari bilan ta’minlashda ham moliyaning roli beqiyos. Moliya o‘z vazifalarini bajarish bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ham ta’minlaydi. Moliya tizimi. Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, ijtimoiy sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning markazlashgan byudjeti bilan birga xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shaxar) byudjeti ham mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni ancha to‘laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Xokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari o‘z xududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar xisobiga ham to‘ldiriladi. Xokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli xududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Mol – mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi bo‘g‘ini xisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli ishlatiladi. Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini anglatadi. Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qatiy nazar unga uch jihatdan yondoshish mumkin: Iqtisodiy kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy ktegoriya sifatida. Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlardir. Moliyaviy dastak sifatida byudjet-tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet xisobidan moliyaviy ta’minlashda undan moliyaviy dastak sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. Huquqiy kategoriya sifatida byudjet mamlakat tegishli xududlari doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat yoki mahalliy xokimiyat muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligi nazarda tutiladi. Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki mahalliy xokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me’yoriy xujjatiga aylanadi. Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Xulosa Iqtisodiyotning Keynscha nuqtai nazari shuni ko'rsatadiki, davlat xarajatlarini ko'paytirish va soliq stavkalarini pasaytirish umumiy talabga ta'sir o'tkazish, uni rag'batlantirishning eng yaxshi usuli, iqtisodiy ekspansiya amalga oshirilgandan so'ng xarajatlarni kamaytirish va soliqlarni ko'paytirish. Bundan tashqari, Keynsiyaliklar ekspansiyali soliq siyosati turg'unlik davrida yoki past iqtisodiy faollik davrida kuchli iqtisodiy o'sish uchun asos yaratish va to'liq ish bilan ta'minlash uchun ishlash vositasi sifatida foydalanilishi kerakligini ta'kidlaydilar. Nazariy jihatdan, natijada yuzaga keladigan defitsitni keyingi kengayish davrida kengaytirilgan iqtisodiyot to'laydi; bu sababning sababi edi Hukumatlar a dan foydalanishlari mumkin byudjet profitsiti ikki narsani qilish: kuchli iqtisodiy o'sish sur'atlarini sekinlashtirish;inflyatsiya juda yuqori bo'lganda narxlarni barqarorlashtirish uchun.Keyns nazariyasi xarajatlarni iqtisoddan chiqarib tashlash yalpi talab darajasini pasaytiradi va iqtisodiyotni qisqarishini, shu bilan narxlarni barqarorlashtirishni nazarda tutadi.Ammo iqtisodchilar hali ham samaradorligi haqida bahslashmoqdalar moliyaviy rag'batlantirish. Bahs asosan markazlashadi siqib chiqarish: davlat qarzdorligi yuqori darajaga olib keladimi foiz stavkalari bu xarajatlarning rag'batlantiruvchi ta'sirini qoplashi mumkin. Hukumat byudjet kamomadiga duch kelganda, mablag'lar davlat qarzlari (davlat obligatsiyalari emissiyasi), chet eldan qarz olish yoki pul ishlash qarz. Hukumatlar defitsitni davlat zayomlarini chiqarish bilan moliyalashtirganda, foiz stavkalari butun bozorda oshishi mumkin, chunki davlat qarzdorligi moliya bozorlarida kreditga bo'lgan talabni oshiradi. Bu taqchil xarajatlarning to'g'ridan-to'g'ri kengaytiruvchi ta'sirini qisman yoki to'liq qoplab, tovar va xizmatlarga bo'lgan umumiy talabni pasaytiradi, shu bilan moliyaviy rag'batlantirish maqsadiga erishishni kamaytiradi yoki yo'q qiladi. Neoklasik iqtisodchilar odatda olomonni siqib chiqarishni ta'kidlaydilar, Keynsliklar esa moliya siyosati hali ham samarali bo'lishi mumkin, ayniqsa likvidlik tuzog'i qaerda, ular tortishish juda kam, deb ta'kidlaydilar. Download 33.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling