Iqtisodiy o’sishni o’lchash va modellashtirish muamollari


Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi


Download 102.65 Kb.
bet6/12
Sana25.06.2023
Hajmi102.65 Kb.
#1654337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish 2

Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida ajdodlar tomonidan yaratilgan, qoldirilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy boyliklarning yig’indisi milliy boylikni tashkil etadi.
Milliy boylikni 3ta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.
Moddiy – buyumlashgan boylik.
Nomoddiy boylik.
Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik - bu ishlab chiqarishning unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqilgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarning iste‘mol qilingan qismidan ortiqcha qismini jamg’arish hisobidan hosil bo’ladi va o’sib boradi.
Milliy boylik inson mehnati bilan yaratiladi, moddiylashadi, qiymat shakliga ega bo’ladi va tarkibiy tuzilishga ega bo’ladi:
Ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
Noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlari);
Aylanma kapital (fondlar);
Moddiy zaharlar tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan molk-mulk.
Moddiy–buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Mehnat unumdorligini o’sishi;
Ishlab chiqarish samaradorligini ortishi;
Milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi;
Milliy boylik tarkibiga tabiat ne‘matlari qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari bo’lib, ular ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Tabiiy boyliklar jamiyatning potentsial boyligi hisoblanadi, ular inson mehnatining ta‘siri natijasida real boylikka aylanadi. Milliy boylikning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida ham yaratiladi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, aholining turmush darajasini ta‘minlash yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog’liqi saqlash, fan, madaniyat, sanat, sport sohalarida vujudga keltiriladи.
Ko’rsatkich so’zi quyidagi lug’aviy ma’nolarga ega: 1) ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.
Falsafiy jihatdan statistik ko’rsatkich o’rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o’zaro bog’liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi. «Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo’lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog’langan». Statistik ko’rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan edi: «Statistikada qo’llanadigan sonlar faqat o’zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. +uruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi va u na nazariy, na amaliy jihatdan diqqatga sazavor emas».1

Statistik ko’rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tasvirnomasi)
Statistik ko’rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o’zaro bog’lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi.

Statistik ko’rsatkichlar tizimi - bu o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar majmuasidir


Statistik ko’rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o’zaro bog’lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.



Download 102.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling