Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi. 1 Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali


Download 355.08 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi355.08 Kb.
#1454356
  1   2
Bog'liq
jamiyatning iqtisodiy potensiali va undan oqilona foydalanish yo\'llari1


JAMIYATNING IQTISODIY POTENSIALI VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH YO'LLARI
KIRISH
I BOB IQTISODIY POTENSIAL TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBI.
1.1 ILMIY-TEXNIKAVIY VA SANOAT – ISHLAB CHIQARISH POTENSIALI.
1.2 AGROSANOAT MAJMUASI POTENSIALI.
1.3 IQTISODIY RIVOJLANISH SOHASIDA DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI.
II BOB IQTISODIY VA IJTIMOIY PROGNOZLASH USULLARI
2.1 PROGNOZLASH USULLARINING KLASSIFIKATSIYASI
2.2 PROGNOZLASHTIRISHDA EKSTROPOLYATSIYA USULLI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
«Potensial» atamasi lotincha so‘z bo‘lib «kuch» ma‘nosini bildiradi. Hozirgi vaziyatda u biron maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan manbalar, qulayliklar, vaziyatlar, zaxiralar ma‘nosini ifodalaydi. Bu yerda davlatning maqsadlari orqali xalqning yuqori moddiy va madaniy turmush darajasiga erishish masalalari ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy potensial deganda xalq xo‘jaligidagi sanoat tarmogining jami ishlab chiqarish imkoniyati, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari, kapital qurilishlarini amalga oshirish, yuk tashish, aholiga xizmat ko‘rsatish va boshqalar tushuniladi.
Iqtisodiy potensialni belgilovchi asosiy omillar bo‘lib mavjud mehnat resurslari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilishning ishlab chiqarish kuchi, mamlakat transport tizimining rivoji, ijtimoiy infratuzilma, ilmiy-tehnikaviy taraqqiyot yutuqlari hisoblanadi. Iqtisodiy bilimlarda iqtisodiy potensialni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: mehnat resurslari hajmi, asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, yalpi ijtimoiy fondlar, yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, ishlab chiqarish kuchlari hajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi hajmi, qishloq mahsulotlari hajmi, ijtimoiy mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mutlaq o‘sishi, energetika, suv hajmi yana bir qator ko‘rsatkichlar.. Mamlakatning iqtisodiy potensiali o‘zaro bog‗liq potensiallar bilan xarakterlanadi: ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar, bulardan har biri xalq xo‘jaligida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladigan sohalar yig‗indisi bilan belgilanadi. Iqtisodiy potensial iqtisodiy tarmoqlarning mutlaq ishlab chiqarish qobilyatiga va ulardan foydalanish darajasiga bog‗liq. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va kapital boyligi ko‘p bo‘lgan katta davlatlar yuqori darajali iqtisodiy potensialga ega.
Ilmiy-texnikaviy potensial deganda fan va fan sohalariga xizmat qiladigan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar yigindisi, umumiy, tabiiy, texnikaviy fanlarda to‘plangan bilimlar hamda mamlakat ega bo‘lgan va ilmiy- texnikaviy yutuqlarni amaliyotiga joriy qilish va foydalanish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish tajribasi tushuniladi.
Ilmiy-texnikaviy potensialda faoliyat sohasini belgilaydigan axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‗liq, xalq xo‘jaligining faoliyat ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan axborot potensiali muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy-texnikaviy potensialning asosiy qismi jamiyat ega bo‘lgan ilmiy – texnikaviy bilimlar yig‗indisi sanaladi, chunki ularga asoslangan holda xalq xo‘jaligi strukturasida muhim, sifatli siljishlarga, iqtisodiyotning rivojlanish sur‘atlarini tezlashtirishga erishish mumkin. Ilmiy-texnikaviy potensialni xarakterlantiruvchi kuchlar sifatida quydagilarni sanab o‘tish mumkin: ilmiy qidiruv, ilmiy- texnikaviy va ishlab chiqarish qarorlari.
Bular bilimni yaratadilar va chuqurlashtiradilar, ishlab chiqarish tajribasini sistema holiga keltiradilar va rivojlantiradilar, yangi turdagi mehnat vositalari, mehnat predmetlari va iste‘mol predmetlari ko‘rinishida ishlab chiqarish sohasiga zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob yutuqlarini moddiylashtiradilar hamda mavjud bilim va tajribalarni qo‘llaydilar.
Sanoat ishlab chiqarish potensiali moddiy ishlab chiqarish sohalari, qurilish sanoati, transport va aloqa, mehnat resurslari, ishlab chiqarish quvvatining yig‗indisini ifodalaydi.
Sanoat ishlab chiqarish potensialining asosiga asosiy fondlar va mehnat resurslari kiradi. Sanoat ishlab chiqarish potensialini oziq-ovqat majmui va ijtimoiy infratuzilma potensiallari bilan yaxlit aloqada bo‘lishini ko‘rsatish zarur.
Sanoat ishlab chiqarish potensiali zamonviy bosqichida rivojlanishining asosiy omillaridan biri sanoat ishlab chiqarishining mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarish potensialining quvvatini belgilovchi asosiy mezon – bu, korxonalar soni hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasi potensiali, tushunchasi agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar to‘plamining quvvati, ya‘ni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, mahsulotlarni axoliga va iste‘molchi tarmoqlarga ilmiy asoslangan hajmlarda yetkazib berish va sotishni ifodalaydi.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari tarkibiga qishloq xo‘jaligi, oziqovqat, go‘sht, sut, mikrobiologiya, un va yem- xashak sanoatlari, traktorchilik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va yem – xashak mashinasozligi, sanoatning oziq-ovqat soxasi, mineral – o‘gitlar va o‘simliklarni muxofaza qiluvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda savdo tashkilotlari va korxonalari, tayyorlov va iste‘mol shirkatlari kiradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ya‘ni yer, suv va o‘rmon resusrlaridan samarali foydalanish, malakali kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sanoatlashtirish mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Agrosanoat majmuasining mavjud potensialidan samrali foydalanish uchun boshqaruvning yangi usullarini ishlab chiqish hamda xalq xo‘jaligining ichki sohalari bo‘lgan iste‘mol mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, qayta tayyorlaydigan va yetkazib beradigan sohalari rejalashtirish zarur.
Agrosanoat majmuasi rivojlanishini muhim darajada jadallashtirish yer, suv va o‘rmon resurslari potensialidan samarali ravishda foydalanishga bogliq. Lekin bu jarayonda iqtisodiy tomondan juda muhim bulgan masala yotadi, ya‘ni o‘rab turgan tabiatni saqlash, suv resusrlaridan oqilona foydalanish, ular ifloslanishi va tugashining oldini olish zarur.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali o‘z ichiga noishlab chiqarish tarmoqlariga mansub har xil turdagi ijtimoiy faoliyat, bino va qurollanish, ishchilarning u yoki bu ma‘muriy-iqtisodiy ob‘ekt aholisi hayot faoliyatini ta‘minlovchi korxona va muassasalar yig‗indisini qamrab oladi.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchilarning, oila va maishiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy hayot sohalarida band bo‘lganlarning samarali turmush foaliyatini ta‘minlaydigan ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensialining tarkibiga shunaqa tarmoqlar potensiali kiradiki, bular sogliqni saqlash, madaniyat va san‘at, sport, turizm, umumiy va kasbiy ta‘lim, kadrlar tayyorlash, xizmatlar sohasi va boshqalar. Ijtimoiy infratuzilmaning xarakterli belgilaridan biri uning moddiy mahsulot va mamlakat milliy daromadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari ishi samarasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali mehnat va moddiy reusurlar hajmi, kadrlar, muhandis, texnik va xizmatchilarning kasbiy tayyorgarlik sifati hamda xalqning farovonlik darajasi bilan belgilanadi.
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy o‘zgartirishlarga javob bermaydi.
Xususan, iqtisodiyotning o‘zgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yo‘nalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy o‘sishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.
Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni ta’minlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.
Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan to‘ldirish va ularni tashqi bozorlarga yo‘naltirish hajmlarini oshirish bo‘yicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti.
Natijada, barqaror ishchi o‘rinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan ta’minlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;


xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish uchun qulay sharoit yaratish, jumladan iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini qisqartirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish qulayligini ta’minlash, shuningdek kichik sanoat zonalari salohiyatidan samarali foydalanish orqali bunga erishish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosida tovar bozorlari muvozanatini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida uning importga qaramligini kamaytirish orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish; shuningdek respublika hududlari va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish;
urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini kuchaytirish, ishlab chiqarishlarni oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishning asosiy resurslari va omillaridan biri sifatida inson kapitalining darajasi va sifatini, ustuvor ravishda qishloq joylarida, yaxshilash bo‘yicha kompleks tahlil olib borish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
iqtisodiyot organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini ta’minlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy bo‘linmalarining, ustuvor ravishda o‘ziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga yo‘naltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda ko‘maklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning loyiha oldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ushbu dasturlarni vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
hududlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha belgilangan dasturlar asosida import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamkor foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlarda bevosita ishtirok etish;
klaster asosida xomashyoni, shu jumladan paxta, meva-sabzavot, parrandachilik, baliqchilik va go‘sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududlarda muhandislik, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish darajasi va sifatini tubdan yangilash, sanitariya tizimlarini yaxshilash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va shaharlarda sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, ularning tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mehnat resurslari va boshqa salohiyatidan samarali foydalanilishini hamda bu borada kompleks dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shu jumladan hududlarda ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni doimiy mehnatga jalb etish, turmush darajasi va sifatini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-martdagi PF-5679-son Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi asosida ishlab chiqiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega qarorlarining ijrosi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun majburiy hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, uning tizim va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda ma’lumot taqdim etib boradilar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini ta’minlash orqali amalga oshiriladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega;
kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 mln. AQSh doll. ekvivalenti hisobidan yuqori bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy kengashlar qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilishi lozim;
(4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek texnik ko‘mak va grant mablag‘larini jalb qilishga ruxsat etilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish;
xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalarini hisobga olgan holda 2020-yil 1-oktabrga qadar Konsepsiyaning, shu jumladan investitsiya siyosati strategiyasini o‘z ichiga olgan yakuniy variantini belgilangan tartibda kiritsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020-yil 1-yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilish;
b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish:
o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin, o‘zlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablag‘lar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, sanoat sohasidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Prognostikaning fan sifatida gurkirab rivojlanishi oxirgi o‘n yillikda o‘z axamiyatiga ko‘ra, teng baxoli bo‘lmagan ko‘plab prognozlashtirish usullari, jarayonlari, yo‘llari, tadbirlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ularning aniq bir tizimga solinganligi keyinchalik kam baholangan va qo‘rama usullar bilan prognostika instrumentariyasi kengayishiga sabab bo‘ldi.
Hozirda, olimlarning baholashiga ko‘ra, prognozlashning 150 dan ortiq usullari mavjud. Biroq amaliyotda asosiylari sifatida ularning 15-20 tasidan foydalaniladi (1- chizma).

1- Chizma. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi.
Prognozlash usullari klassifikatsiyasini batafsil ko‘rib chiqishdan oldin, «usul» yoki «iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usullari» tushunchasini aniqlab olish kerak.
Prognozlash usuli deganda retrospektiv ma‘lumotlar, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar, prognozlash ob‘ekti, shuningdek, ko‘rilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchovlarini tahlil qilish asosida ob‘ektning kelgusida rivojlanishini aniq muhokama qilish imkonini beradigan fikrlash yo‘llari va usullari majmuasini tushunish lozim.
Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli xil tasniflash tamoyillari ko‘rsatilgan. Prognozlash usullarining muhim tasniflash belgilaridan biri ularni to‘la qamrab oladigan formallashtirish darajasi hisoblanadi.
Ikkinchi tasniflash belgisi –prognozlash usullarining ta‘sirini umumiy tamoyili deyish mumkin, uchinchisi - ishonchli axborot olish usuli hisoblanadi.
Formalizatsiya darajasiga qarab iqtisodiy prognozlashtirish usullarining intuitiv va formalizatsionga bo‘lish mumkin.
Prognozlashni intuitiv usullari ob‘ektni murakkabligiga ko‘ra, ko‘plab omillarni hisobga olish mumkin bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Bu holda ekspertlar bahosidan foydalaniladi. Bunda individual va jamoaviy ekspert baholari farqlanadi.
Individual ekspert baholar tarkibiga: «intervyu» usuli - bunda ekspertning «savol-javob» mutaxassisi bilan bevosita aloqasi amalga oshiriladi; tahlil qilish usuli - bunda qandaydir prognoz qilinayotgan vaziyatning logistik tahlili amalga oshiriladi, tahliliy yozma hisobotlar tuziladi; ssenariy yozish usuli – u turli sharoitlarda vaqt o‘tishi bilan hodisa yoki jarayonni mantiqani aniqlashga asoslanadi.
Jamoaviy ekspert baholari usullari o‘z ichiga «komissiya», «g‗oyalar jamoaviy generatsiyasi», «delfi», matritsa usullarini oladi. Bu usullar guruxi shunga asoslanganki, jamoaviy fikrlash jarayonida, birinchidan, natijalar to‘griligi yuqoriroq va ikkinchidan, ekspertlarni individual mustaqil baxolarni ishlab chiqishda kam xollarda ashyoviy goyalar kelishi mumkin.
Formalizatsion usullar guruhiga ekstrapolyatsiya va modellashtirish kiradi.
Birinchi guruhga eng kichik kvadratlar usuli, eksponensial tekislash usuli, o‘rtaga sirganmalar usuli kiradi.
Ikkinchisiga esa, tarkibiy, turli, matritsaviy modellashtirish kiradi.
Prognozlashtirish usullari klassifikatsiyasida turli boshqa usullarni birlashtiradigan kombinatsiyalashgan usullar o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Masalan, jamoaviy ekspertlar baholashlari va ekspertlarni so‘roq qilish va hokazo.
Prognozlash usullarini tasniflashda shuni nazarda tutish kerakki, prognozlash usullarini mazmundor tizimiga solish, prognozlash ob‘ekti rivojlanishning iqtisodiy jarayonlari va ularning qonuniyatlari bilan aniqlanishi kerak.
Prognoz - ekspert ob‘ekti perspektiv taraqqiyotiga qaraganda mutaxassislarning individual fikrlashini namoyon qiladi hamda mutaxassis tajribasi mobilizatsiya va intuitsiyaga asoslangan. Ekspert baholash usuli ob‘ektlar va muammolarni tahlil qilishda, ularning taraqqiyoti to‘liq yoki qisman matematik shakllantirishga to‘g‗ri kelmaydigan, ya‘ni adekvang (o‘xshash, to‘g‗rilangan) modelni ishlab chiqish qiyin bo‘lgan xollarda ishlatiladi. Prognozlashda qo‘llaniladigan ekspert baholash usuli individual va kollektivga bo‘linadi.
Individual ekspert usuli, soxalari bir-biriga boglanmagan ekspert mutaxassis fikrlaridan foydalanishga asoslangan. Ko‘pincha prognozni shakllantirishda quyidagi ikki usul qo‘llaniladi:
Intervyu usuli prognoz qiluvchining ekspert bilan bo‘ladigan suhbatini taxmin qiladi. Shundan kelib chiqqan holda suhbat davomida prognoz qiluvchi oldindan ishlab chiqilgan dasturlar asosida ekspert oldiga ob‘ektning perspektiv taraqqiyotiga nisbatan savollar qo‘yadi. Bunday baholashning muvaffaqiyati muhim darajada intervyu olinayotgan ekspert mahoratiga, uning eng fundamental savollarga tez va turli - tuman xulosalar berishiga bog‗liq.
Analitik-ekspert baholash tahlil qilishga intilish ustidan uzoq va sinchiklab mustaqil ishlashni, prognozlanayotgan ob‘ektning taraqqiyot yo‘li va xolatini baxolashni taxmin qiladi. Bu usul ekspertga prognozlanayotgan ob‘ekt bo‘yicha lozim bo‘lgan barcha axborotlardan foydalanish imkonini beradi. Ekspert o‘zining fikrlarini ximoya qogozi ko‘rinishida tayyorlaydi.
Ko‘rilayotgan usullarning asosiy yutug‗i ekspertning individual maxorati xamda aloxida ishchiga ko‘rsatilgan, e‘tiborga olinmagan psixologik ta‘sirni maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Lekin bu usullar bir ekspert - mutaxassis bilimi bir qancha fan sohalari bo‘yicha cheklanganligi tufayli ko‘pincha umumiy strategiyani prognozlashda kam qo‘llaniladi.
Ko‘p hollarda umumiy strategiyani prognozlashda prognozlanayotgan ob‘ektning perspektiv taraqqiyoti haqida, ekspertlarning jamoaviy fikrlarini aniqlash prinsipiga asoslangan jamoaviy-ekspert baholash usulidan foydalanish mumkin.
Bu usullarni qo‘llash asosida ekspertning o‘rganayotgan muammoni muhimligi va ahamiyatliligini yetarli darajada baholash gepotezasi, ma‘lum bir yo‘nalishdagi perspektiv taraqqiyoti, u yoki bu voqeaning yuzaga kelishi, prognoz ob‘ekti taraqqiyotida maqsadli ma‘lum bir muqobil yo‘lni tanlash gepotezasi yotadi.
Hozirgi vaqtda maxsus hay‘at a‘zolarining ishlashiga asoslangan ekspert usullari keng tarqalgan bo‘lib, ekspert guruhlari «dumaloq stol atrofida» u yoki bu muammoni hal qilishda bir qarorga kelish maqsadida munozara qilib, bir fikrga kelishadi.
Haqiqatdan ham ekspert jamoasi yordami bilan prognozlashni shakllantirishda asosiy masalalar quyidagilardir:

  • malakali ekspert guruhlarini shakllantirish;

  • ekspertizalarni tayyorlash va o‘tkazish;

  • olingan hujjatlar asosida statistik hisoblashlar o‘tkazish.

Anketalarda saqlangan, ko‘p sonli kiymatlar ko‘rinishida berilgan, ekspert baholash natijasini statistik baholash va ularning ishonchlilik chegaralari, ekspertlar fikrlari kelishuvini statistik baholash aniqlanadi.
Prognozlanayotgan kattaliklarning o‘rtacha ahamiyati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
В n
Bu yerda: Bj – tarafidan berilgan prognozlanayotgan kattalikning ahamiyati; n- guruhdagi ekspertlar soni.
Bundan tashqari, dispersiyani ham aniqlash mumkin:
D (Bi-B)2 /(n-1)
(Dispersiya, bu variant (Bi)dan o‘rtacha arifmetik (V) ayirmasining o‘rtacha kvadrati).
Bundan so‘ngra j ishonchlilik intervalining yaqinlik ahamiyati hisoblanadi.
j
Bu yerda: t- parametr, ya‘ni styudent jadvalidan berilgan ishonchlilik ehtimoli darajasi va ozodlik darajasi soni orqali aniqlanadi. So‘ngra prognozlanayotgan kattalikning ahamiyatliligi uchun ishonchlilik intervali hisoblanadi.
Yuqori chegarasi uchun AVqVqj
Qo‘yi chegarasi uchun ANqV-j
Bundan tashqari baholanayotgan har bir parametr muhimligi bo‘yicha ekspertlar fikrlarining kelishuvlik darajasini ko‘rsatuvchi konkordatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi.
Ekstrapolyatsiya yordamida jarayonlar yuzaga kelishida, odatda, u yoki bu ko‘p miqdoriy ob‘ekt tavsifi statistik tendensiyalarini yigishda, o‘zgarish nuqtasidan boshlanadi. Ekstrapolyatsiya usullari eng ko‘p tarqalgan va barcha prognozlash usullari orasida nisbatan ko‘p ishlab chiqilgan usullardan hisoblanadi.
Bu usullar yordamida katta sistemalarning parametrlari, iqtisodiy, ilmiy va ishlab chiqarish potensialining miqdoriy tavsiflari, ilmiy-texnik taraqiyotning natijaviyligi to‘g‗risidagi ma‘lumotlar, sistemalar ichidagi va boshqa shunga o‘xshash tavsiflarning nisbatlari ekstrapolyatsiya qilinadi.
Ekstrapolyatsiya usulining maqsadi quyidagicha hisoblanadi:
Prognozlash ob‘ektini xarakterlovchi o‘tgan davrga nisbati, tadbiq qilish qonuniyatlari aniqlanadi va mos xolda bu ma‘lumotlarning o‘sish potensiallari to‘grisidagi statistiq ma‘lumotlarni tahlil qilish, so‘ngra tashqi muxitda emperik yoki dinamik qatorda bo‘lgan prognozlovchi kattaliklarning qiymatlari aniqlanadi.
Ekstrapolyatsiya usuli vaqt qatorlaridagi boglanish ko‘prok, ya‘ni ekstrapolyatsiya qilishning tarqalgan soxalari aniqlangan hollarda qo‘llaniladi.
Birlamchi tahlil o‘tkazishdan so‘ng to‘gri ekstrapolyatsiya jarayoniga o‘tkazamiz.
Egri chiziqli shakli va uning parametr qiymatlarini bilgan xolda, emperik ma‘lumotlar tashqarisida ya‘ni, kelajak davriga to‘gri keluvchi argument(vaqt)qiymatini aniqlab, konkret vaqtda prognozlash qiymatiga qabul qiluvchi funksiyaning mos keluvchi qiymati aniqlanadi.
Berilgan prognozlash usuli, odatda, egri chiziqli shaklini to‘gri aniqlanganda, qonuniyatlarni to‘gri aks ettiruvchi emperik ma‘lumotlarning o‘zgarishi to‘grisida juda yaxshi natijalar beradi.
Dinamik qatorni aniqlash uchun dinamik qatorda boglanish zichligini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent hisoblanadi
ryx
ryx ning qiymati –1 dan +1 gacha qiymatni qabul qiladi.
Musbat qiymat to‘gri, manfiy qiymat teskari boglanishga tegishli ekanini ko‘rsatadi. ryx 0,7 bo‘lgan qiymatda trend barqaror bo‘ladi.
Aks holda dinamik qator tendensiyasi barqaror bo‘lmaydi. rxy qiymati (0) ga yaqin bo‘lgan holda korrelyatsion boglanish yo‘qligi to‘grisida fikr yuritiladi.
Тendensiyaning barqarorligi aniqlangan holda dinamik qator ikki tashkil etuvchiga ajratiladi.
yqytqet (tq1,2,…n)
Bu yerda: yt, tendensiyaning taraqqiyoti (trend); et ayrim sabablarga ko‘ra xarakat natijasida yuzaga keluvchi qoldiq elementlar.
Dinamik qatordagi elementlarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun vaqt davomida ob‘ekt tendensiya taraqqiyotining eng ma‘qul ko‘rinishini ifodalovchi trend xisoblab chiqiladi. So‘ngra qolgan elementlarning egiluvchanlik qiymatiga baho beriladi. utqaqbt chiziqli regretsiya parametrlari eng kichik kvadratlar usuli orqali hisoblanadi.
Bu usulning ma‘nosi boshlangich vaqt qatori nuqtasidan ayirmani minimizatsiya qiluvchi trend usuli parametrlarini qidirib topishdan iboratdir. Bunday holda ayirmaning kvadrati summasi olinadi:
S min
Bu yerda: Yt-boshlang‗ich qatorning saqlanish ahamiyati;
Yt-boshlang‗ich qatorning faktga asoslanish axamiyati; tq1,n. n-kuzatuvlar soni.
Minimizatsiya talabi tenglik (0) nolga tenglashtirilganda bajariladi.
Bunda S minimal bo‘lishi hamda a va v parametrlar quyidagi normal tenglamalar sistemasini qoniqtirishi lozim.
na a
a va v parametrlari taalluqli bo‘lgan sistemani hisoblab, ularning
axamiyatini aniqlaymiz.
U AQSh da ХХ asrning 60-yillarida yaratilgan. U sirtdan so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi , anonim, so‘rovlar bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi, teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari xar gal ekspertlar oldingi tudagi natijalar xaqida axborot olishadi.
Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izoxlanadi, savollar ro‘yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi .
Ekspert javoblarni qo‘l qo‘ymasdan pochta orqali jo‘natiladi. Тashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi,baxo chiqariladi. Mazmun jihatdan o‘rtachalar, farqlar dispersiya xisoblanadi. Bir oy o‘tgandan keyin 2-tur o‘tkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari bayon qilinib savollar beriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollaga javob berishi so‘raladi. Javoblar yana umumlashtirilib zarur bo‘lsa yana qo‘shimcha turlar o‘tkaziladi. Agar 3-turdan so‘ng javoblardagi farqlar katta bo‘lmasa so‘rov o‘tkazish to‘xtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan xisoblanadi.
qisqacha xulosa. Ekspert baxolash metodining asosiy vazifasi miqdoriy xarakteristikaga ega bo‘lmagan jarayonlar, ayrim iqtisodiy jarayonlari rivojlantirishning alternativ imkoniyatlari xaqidagi sifat axborotini olishdan, formal va intuitiv metodlarni to‘g‗rilash va o‘zaro uyg‗unlashtirishdan, iqtisodiy jarayonlar prognoziga ma‘lum darajada normativ omillar kiritishdan iboratdir. Ekspertlar guruhini tuzishda ekspertiza muammosini samarali hal qilish umumiy talab xisoblanadi. Muammoni xal qilish samaradorligi ekspertiza ishonchliligini xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara, kengashish (ong xujumi) metodi. Kollektiv ekspert baxolash natijasi umumlashtiruvchi xujjat ob‘ektni rivojlantirish yo‘llari bayon qilinadi. Ular ichidagi eng oddiy metod komissiya metodidir. Lekin bu metod bir necha nomaqbul xodisalarni bartaraf qila olmaydi. Shuning uchun xiyla aniq ekspertiza metodlariga zarurat tugiladi.
Regretsion taxlil - o‘rganilayotgan tasodifiy harakatning tasodifiy me‘yorini va o‘rganilayotgan mikdoriy o‘zaro munosabatlar o‘rtasidagi boglanishni ishlash uchun ko‘llaniladi. Ya‘ni, tasodifiy va iktisodiy me‘yorlar o‘rtasidagi boglanish regretsiya deb ataladi. Regretsion taxlil–ushbu boglanishning taxlili usulidir.
Regrissiya o‘rtacha natija belgilarining omil belgilari bilan boglikligini ko‘rsatadi.
Prognozlash uchun regression taxlil usuli ko‘lanilayotganda matematik formula tuziladi. U formula prognozlashtirish ob‘ekti bilan birga unga ta‘sir etuvchi bitta yoki bir nechta omillarning boglanishini o‘zida aks ettiradi. Bu usul ishlatilayotgan ob‘ektning xususiyatini taxlil qilishga imkon beradi. Bunda namuna tuzilib, undan so‘ng namunadagi bir ko‘rsatkichning axamiyatini boshqa ko‘rsatkichga bogliqligi hisoblanadi.
Regressiya tenglamasi vazifasiga ko‘ra bo‘linadi.
Masalan,
Тo‘gri chiziqli tenglama. y a0 ai xi
Darajali tenglama y a0 xiai
Ko‘rsatkichli tenglama. y a0 aixi va boshqalar.
Bu yerda erksiz o‘zgaruvchi (u) funksiya, erkli o‘zgaruvchi (x) argument bo‘lib keladi.
Erkli variatsiyaning asosiy, xaqiqiy ko‘rsatkichi emperik ko‘rsatkichdan xisobli ko‘rsatkich ayirmasining o‘rtacha kvadratiga teng.
(у1 у1)2
б (б n k
Bu yerda: u1-xaqiqiy miqdor;
у1 - xisobiy miqdor;
n- kuzatishlar soni.
K- regrecciya koeffitsiyenti soni
Absolyut ko‘rinishidagi variatsiya ko‘rsatkichidan tashqari boshqa emperik axamiyatni xisobli axamiyatdan uzoqlashtiruvchi nisbiy ko‘rsatkich xam qo‘llaniladi. Bu quyidagicha yoziladi.
V 100% bu yerda у
Variatsiya koeffitsiyenti bo‘yicha xisoblarning foydaliligi va ishonchliligini muhokama qilish mumkin. Ya‘ni variatsiya koeffitsiyenti qancha past bo‘lsa, hisobli regressiyasining chizigiga shuncha yaqinlashadi. Variatsiya koeffitsiyenti hisoblangan hisobning tajribadagi faktga to‘gri kelishini ko‘rsatadi.
O‘zgaruvchilarning bogliqligi haqidagi gepotezani tekshirish uchun korrelyatsiya RyBu formula shu ko‘llanmaning 13-sahifasida ko‘rsatilgan.
x
Ilgari ko‘rsatilganidek, korrelyatsiya koeffitsiyentining o‘zgarishi oraligi quyidagicha yoziladi:
1 ry 1 x
Bu oraliqda u va x o‘rtasida to‘gri va teskari bogliqlik bor. ry 1 da u va x o‘rtasida to‘gri va teskari funksional bogliqliq bor.
x ry 0 da u va x o‘rtasida korrelyatsion bogliqlik yo‘q.
x
Juft korrelyatsiya koeffitsiyentining ahamiyati-tanlanish hajmiga bogliq tasodifiy me‘yordir.
Nazorat soni pasaygan sari korrelyatsiya koeffitsiyentining ishonarliligi pasayadi.
Korrelyatsiya koeffitsiyentining kvadrati determinatsiya koeffitsiyenti deb ataladi va nazariy mohiyati o‘zgaruvchining haqiqiy mohiyatiga mos kelishini ko‘rsatadi.
Ko‘plik korrelyatsiya koeffitsiyenti (R) bo‘yicha argument va funksiya omillari o‘rtasidagi bogliqlik muhokama qilinadi.
R 0 R 1
Rq1- to‘gri funksional bogliqlik.
Keyin esa regressiya tenglamasining natijasini rivojlanayotgan ob‘ektiga to‘gri kelishini tekshirish kerak. Bu F- Fisher formulasi bilan amalga oshiriladi.
R2(n k 1)
F 2
(1 R )K
Bu yerda:
n- nazorat soni; k-regressiya tenlamasi omillari soni.
Х isoblangan son jadvaldan tekshiriladi, agar hisoblangan son jadvaldagidan katta bo‘lsa, (FхисFжад) o‘ngda bogliqlik haqiqiy progressga to‘gri keladi.
Regressiya tenglamasi parametri (ai) va ko‘plik korrelyatsiyasi koeffitsiyentining to‘griligini tekshirish uchun t- Styudent formulasidan foydalaniladi:
t
tnatija>t jadval bo‘lganligi, regressiya tenglamasi parametri va ko‘pchilik
korrelyatsiya koeffitsiyenti to‘griligini ko‘rsatadi.
O‘rganilayotgan ob‘ekt modeli tuzilib, uning to‘griligi tekshirilgandan so‘ng va bogliqlik usuli topilgan, o‘rganilayotgan ob‘ekt haqida prognoz qilinadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, regressiya usuli korrelyatsiya va regressiya tahlili apparatini qo‘llashga asoslangan.
U yoki bu hodisani ta‘riflovchi modellashtirish eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Kelajakdagi hodisani prognozlashtirishda yaxshi natija beradigan usul modellashtirishdir.
Birinchi marotaba prognozlash maqsadida model tuzish iqtisodiyotda qo‘llanilgan. Iqtisodiy izlanishda qo‘lllaniladigan matematik apparat iqtisodiy matematik modellashtirish, deb ataladi. Model izlanish sub‘ekti tomonidan shunday tuzilishi kerakki, bunda operatsiyalar izlanilayotgan ob‘ekt haqidagi ma‘lumotni aks ettiradigan bo‘ladi (ma‘lumotlar: o‘zaro bogliqlik, tuzilmaviy va vazifasiga ko‘ra parametlari). Shuning uchun modelni tasvirlash va modelning ob‘ektga mosligi masalasi ayrim aniq maqsadlarda yechiladi.
Modelni tuzish ob‘ektni oldindan o‘rganish asosida olib boriladi. Unga mos tavsif berish, tajribaviy va nazariy modelni tuzatish modellashtirish usulining tarkibi hisoblanadi.
Prognozlashtirishga muvofiq ravishdi izlanilayotgan ob‘ektni modellashtirish usulida jiddiy qiyinchiliklar uchraydi va u o‘ziga katta ahamiyat berishni talab etadi.
Modellashtirishni qo‘llanishidagi qiyinchiliklar prognozlash ob‘ekti tuzilmasini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ko‘pchilik hollarda bitta model emas, balki modellar va usullar tizimini qo‘llash kerak.
Bunda har bir ish aniqlik va ketma – ketlik bilan amalga oshiriladi.
Prognozlashtirish modellari tizimi deganda usullar va modellar yigindisi tushunilishi kerak. Bular ob‘ektning kelajakdagi holati va rivoji, prognozning kelajakdagi va hozirgi tendensiyasi va qonuniyatlarni o‘rganish asosida kelishilgan va ziddiyatsizlik imkoniyatini beradi. Bunda, tizimda prognoz yigindisi model ketma-ketligi asosida tuziladi.
Prognozlashtirish modelini tuzishning 3ta bosqichi bor.
Birinchi bosqichda bir-biri bilan bogliq bo‘lgan alohida model va modelning kichik tizimlari tuziladi va prognozlashtirish maqsadida o‘zaro xarakterini ta‘minlovchi yagona tuzilmalar holiga keltiriladi.
Ikkinchi bosqichda o‘zaro bogliliqdagi prognozlashtirish modeli tizimi tuziladi, ularning o‘zaro bogliqligi tekshiriladi.
Uchinchi bosqichda prognozlashtirish modeli tizimini tuzishdagi o‘ziga xos alohida tizimlar aniqlanadi va rivojlantiriladi. Prognozlar yigindisini tuzish maqsadida ularni qo‘llash usuli izlanadi.

XULOSA


Iqtisodiy potensial deganda xalq xo‘jaligidagi sanoat tarmogining jami ishlab chiqarish imkoniyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, kapital qurilmalarini amalga oshirish, yuk tashish, aholiga xizmat ko‘rsatish va boshqalar tushuniladi.
Ilmiy texnikaviy potensial deganda fan va fan sohalariga xizmat qiladigan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar yig‗indisi, umumiy, tabiiy, texnikaviy fanlarda to‘plangan bilimlar hamda mamlakat ega bo‘lgan va ilmiy texnikaviy yutuqlarni amaliyotga joriy qilish tushuniladi.
Agrosanoat majmuasi potensiali tushunchasi agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar to‘plamining quvvati tushuniladi.
Agrosanoat potensialidan samarali foydalanish uchun tarmoqni tartibga solishni zamonaviy bozor iqtisodi usullaridan foydalanish lozim. Buning uchun ishlab chiqarish hamda iqtisodiyotni ichki sohalari bo‘lgan iste‘mol mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, qayta tayyorlaydigan va yetkazib beradigan sohalarni kompleks dasturlarini ishlab chiqarish zarur.
Prognostikani gurkirab rivojlanishi usul va uslublarni behisob qo‘llanib ketishiga olib keldi. Usullardan samarali foydalanish uchun ularni aniq tizimlarga ajratish lozim. Usullarni tasniflash belgilaridan biri bo‘lib ularni formallashtirish darajasi hisoblanadi. Ekspert baholash usuli matematik formallashtirish mumkin bo‘lmaganda ob‘ekt va muammolarni taxlil qilishda foydalaniladi. Ekstrapolyatsiya usuli mohiyati statistik ma‘lumotlarni tahlili asosida ob‘ektni rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi.
Regression tahlil o‘rganilayotgan tasodifiy harakatning tasodifiy me‘yorini va o‘rganilayotgan miqdoriy o‘zaro munosabatlar o‘rtasidagi boglanishni izlash uchun qo‘llaniladi.
M atematik apparatni iqtisodiy izlashuvda foydalanish iqtisodiy matematik modellashtirish deyiladi va bunda iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni matematik tenglamalar orqali ifodalanadi.

Download 355.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling