Iqtisodiy siyosat
Download 106.64 Kb.
|
aqsh
Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga kelmaslaridan oldin indeyslarning oʻziga xos meʼmorligi boʻlgan. Irokezlar „uzun uylar“ deb atalgan turar joylar yaratgan boʻlsalar, Pueblo indeyslari „pueblo“ qishloq uylarini qurganlar. Ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari AQShga Yevropa anʼanalarini keltirdilar. Dastlabki binolar barokko uslubida qurilgan. Ular sodda boʻlib, nAQShlar kam ishlatilgan. 18-19-asrlarda AQSh meʼmorligida klassitsizm uslubi hukm surdi. Bu uslubda davlat va jamoat binolari (Vashingtondagi Oq uy, Nyu-Yorkdagi Eski ratusha — shahar idorasi), ibodatxona va boshqa qurildi. Keyinroq quramalik va dabdabalilik kuchaydi [Vashingtondagi Kapitoliy (kongress) binosi]. Fuqarolar urushidan soʻng AQSh meʼmorligi yuksalish yuliga oʻtdi. AQShning bir qancha isteʼdodli meʼmorlari T. Richardson, J. O. Ryoblin, U. O. Reblinglar qurilish texnikasi rivojiga katta hissa qoʻshdilar (Bruklin koʻprigi). 20-asr AQSh meʼmorligi, asosan, texnika va iqtisod surʼatiga bogʻliq holda rivojlandi. 20-asrning 20-30-yillarida Amerikaning bir qancha shaharlarida (Nyu-York, LosAnjeles, Chikago va boshqalar) nihoyatda baland binolar qurildi. Amerikaning eng isteʼdodli meʼmorlari L. Salli-ven va F. L. Rayt yangi texnika imkoniyatlarini estetik tushunishga intildilar: L. Salliven koʻp odam sigʻadigan katta binolar uchun poʻlat toʻsinli konstruksiyani ishlab chiqsi, F. L. Rayt esa kichik bino loyihalari ustida ishladi, ayni vaqtda bir necha baland hamda baʼzi maʼmuriy binolar loyihasi ham 30-yillar oʻrtalarida chizildi. AQShga Yevropadan mashhur meʼmorlar: V. Gropius, M. Breyner, L. Mis van der Roe, E. Mendelson, R. Neytra, E. Sa-ariyenen va boshqa keldilar. Ular hozirgi zamon AQSh meʼmorligiga asos soldilar. Ikkinchi jahon urushi-yillari AQShda yigʻma qurilish rivojlandi. Urushdan soʻng „Poʻlat va alyuminiy“ meʼmorligi ragʻbatlantirildi, meʼmoriy shakllarning „universal uslubi“ taraqqiy etdi (L. Mis van der Roe asarlari). 50-yillarning oxirida yangi klassitsizmning yangicha nusxasi paydo boʻldi (E. D. Stoun, M. Yamasaki kabi meʼmorlar). 60-80-yillar inshootlari hajmining kattaligi, geometrik miqyoslarining salmoqliligi, meʼmoriy yunalishlarning betartibligi bilan ajralib turadi (Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markazining 412 m balandlikdagi 110 kavatli minorasi, 1971-73, meʼmorlar M. Yamasaki, E. Rot; Chikagodagi „Sire va Robak“ savdo konsernining 442 m balandlikdagi minorasi, 1972-75, „SOM“ firmasi meʼmorlari; Minne-apolisdagi bank binosi, 1969-73, meʼmor G. Birkerts va boshqa; San-Fransiskodagi „Xayat Rijensi“ mehmonxonasi, 1973, „Jon Portmen va boshqa“ firmasi hamda Los-Anjelesdagi „Bonavantyur“, 1978, meʼmor J. Portmen). Download 106.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling