Shaxsiy EXMlar paydo bo‘lishi bilan birga, ularni bevosita xodimlarning ish joyiga o‘rnatish va dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi instrumental vositalar bilan jihozlash imkoniyatlari yuzaga keldi. Avtomatlashtirilgan ish joyi – bu aniq predmet sohasidagi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, bevosita ish joyida o‘rnatilgan va axborotiy, dasturiy va texnikaviy zaxiralar bilan ta’minlangan personal kompyuterdir. AIJ butun funksional axborot texnologiyasini yoki uning bir qismini o‘z ichiga oladi. U yoki bu AIJga funksional axborot tizimining qaysi qismi mos kelishi ob’ektni boshqaruv strukturasida maqsadlarni taqsimlash (dekompozitsiya) bo‘yicha belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |