Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari


Da’vo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir


Download 30.97 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi30.97 Kb.
#1469071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIY SUD ISHLARINI YURITISH ISHTIROKCHILARI

Da’vo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir.
Alohida toifadagi ishlar hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan yuridik shaxslar va fuqarolar arizachilardir



Taraflarning protsessual huquqlari.
da’vogar:da’voning asosini yoki predmetini o’zgartirish;da’vo talablarining miqdorini ko’paytirish;kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
Javobgar:qarshi da’vo taqdim etish;e’tiroz bildirish;da’voni to’liq yoki qisman tan olish;kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
Taraflarning protsessual majburiyatlari.
Sud majlisiga o’z vaqtida kelish;sud majlisida tartib qoidalarga rioya qilish;isbotlash majburiyati;dalillarni taqdim etish majburiyati;davlat boji va pochta harajatlarini to’lash;o’zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanish;IPKda nazarda tutilgan boshqa protsessual majburiyatlar.



Uchinchi shaxslar.
Iqtisodiy protsessda har doim ham taraflar ishtirok etmaydi.Taraflar o’rtasida nizolashilayotgan da’vo predmeti boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin.iqtisodiy protsessda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar ishning hal etilishidan qanday mazmunda manfaatdor ekanliklari hamda ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan qanday oqibatlar yuzaga kelishiga qarab,ikki turga ajratiladi:1.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar;
2.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar.

1.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati mustasno.Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi
2.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, da’vogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish yoxud kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish, qarshi da’vo taqdim etish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki jalb qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi

Prokuror. Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.



Prokurorning huquq va majburiyatlari:O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.




Download 30.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling