6. Konstitutsiya va xalqaro huquq
Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan xalqaro huquq
normalari mazmuniga ta’sir ko’rsatadi: biron-bir davlat o’zining g’oya va
dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Shu
bilan birga, milliy huquq xalqaro huquqning milliy huquqiy tizimga kirib
kelishi huquqi darajasi va shartlarini belgilaydi va bunda davlatlarning
asosiy qonunlari bo’lmish konstitutsiyalari hal etuvchi ahamiyat kasb
etadi. Xalqaro huquqning bironta normasi konstitutsiyani chetlab o’tgan
holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas.
Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish qoidalari
turli mamlakatlarda turlichadir. Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida
xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun turishi va uning mamlakat
ichkarisidagi bevosita ta’siri to’g’risida so’z boradi. Aslida bu ham xalqaro
huquqning konstitutsiya bo’yicha kirib kelishi to’g’risidagi qoidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |