29.FHDY organlarining huquqqiy ahamiyati?
3-bob. FHDY organlarining huquq va majburiyatlari
13. FHDY organlari quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilib olish;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga FHDY sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatlariga muvofiq fuqarolarga pulli xizmatlar ko‘rsatish.
FHDY organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
14. FHDY organlari:
fuqarolarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish vaqtida fuqarolar tomonidan qonunchilik buzilganligi aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga bu haqda xabar qilishi;
qonun hujjatlariga zid bo‘lgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilishi;
arxiv fondini yuritishi va saqlashi;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining topshiriqlarini bajarishi va ularga FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim qilishi;
FHDY organlarining faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga hisobot berishi shart.
FHDY organlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |