Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko’rib chiqiladi? 25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari va subyektlari?
Download 80.42 Kb.
|
жавоб
3. Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari va subyektlari?
Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar obyektlarini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin: 1. Davlat hududi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasida “O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo`linmas bo`lib, xalqining xohish-irodasi, erki, ya'ni bildirmasdan turib uning o`zgartirilishi mumkin emas”-deyilgan. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida “...Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi va chegaralari dahlsiz bo`lib, o`zgartirilishi va bo`linishi mumkin emas”-deb belgilangan. Bu normalar asosida davlat-huquqiy munosabatlari kelib chiqadi. Chunki, Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika, uning hududiy o`zgarishlari xalqining roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin. 2. Moddiy boyliklar. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlat mulkini tashkil etuvchi obyektlar doirasini belgilaydi va bu obyektlardan foydalanish huquqiga ega bo`lgan subyektlarni ham belgilaydi. Masalan, yer usti va yer osti boyliklari suv, tabiiy zahiralar, o`rmon, hayvonot dunyosi umummilliy boylikdir.1[11] Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 3. Kishilarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonuniy faoliyat yuritishi. Masalan, deputatning vakillik organiga kiritgan so`rovi bilan bog`liq harakati natijasida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatning obyekti bo`lishi mumkin yoki vakillik organi tomonidan qonunga zid qabul qilingan qarorning yuqori vakillik organi tomonidan bekor qilinishi ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Bu normalarda obyekt, huquqiy harakat nimaga qaratilganligi bilan aniqlanadi. 4. Mulkiy xarakterga ega bo`lmagan shaxsiy manfaatlar, ya'ni obro`, sha'n, qadr-qimmat va hokazo. Masalan: ”O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a'zosining maqomi to`g`risida” gi qonuni asosida deputat va senator dahlsizligi mustahkamlangan. Demak bu qoida asosida deputat va senatorning sha'ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan davlat-huquqiy munosabatlari kelib chiqishi mumkin, shunday qilib, konstitutsiyaviy huquqning xilma-xilligi o`z navbatida turli ma'nolardagi davlat-huquqiy munosabatlarini vujudga keltiradi. Demak, davlat-huquqiy munosabatlarining obyektiga huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunlarda belgilangan manfaatlari bilan bog`liq bo`ladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga quyidagilar kiradi: O`zbekiston xalqi. 2. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari va ularning vakolatlari doirasini belgilash tartibi. 3. Ma'muriy-hududiy birliklar: 4. Jamoat birlashmalari 6. Davlat organlari 7. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari. 8. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi va mahalliy-xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari. 9. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari. 10. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ko`rsatish mumkin. Download 80.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling