Iqtisodiy tahlil” fanidan mustaqil ish topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyunov Qabul qildi: Y. Azimov Jizzax 2023 Mavzu: Pul oqimlari tahlili Reja


Download 41.62 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi41.62 Kb.
#1387735
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqt. tahlil 1-MT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
IQTISODIY TAHLIL” FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyunov


Qabul qildi: Y. Azimov
Jizzax 2023


Mavzu: Pul oqimlari tahlili
Reja:



Debitorlik va kreditorlik qarzlarni tahlili
Korxonalaming moliyaviy ahvolini mustahkamlashning shartsharoitlaridan biri, hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va moliyaviy intizomga qat’iy rioya qihsh hisoblanadi. Moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob-kitoblar, umuman olganda, «Debitor va kreditorlar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar» tariqasida yuzaga keladi. Ko'pgina korxonalarda moliyaviy ahvolning yomonlashuvi ko‘p jihatdan katta hajmdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining to£planib qolishiga bog‘liq bo‘ladi. Debitorlik qarzlarning katta hajmda paydo bo‘lishi korxona mablag‘larini muomaladan chiqarib, o‘z aylanma mablag‘larining yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi. Natijada, kreditorlik qarzining oshishiga olib keladi, oxir oqibatda korxonalar moliyaviy holatga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ushbu jarayonni uzluksiz ravishda tahlii etib turish zarur. Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga tolanishi zarur bo£lgan majburiyatlar kreditor qarzlar deb, korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan to£lanishi zarur bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik qarzlari deb ataladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarlari hisob-kitoblarning zaruriy sharti hisoblanadi. To‘lov muddatining cho‘zilib ketishi korxonalaming moliyaviy ahvoliga katta salbiy ta’sir qiladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlaming mavjud holatini o‘rganish asosida ular bo£yicha aylanish davrini tezlashtirish imkoniyatlari aniqlanadi. Tahlilda debitorlik va kreditorlik majburiyatlaming holatiga, tarkibiga, tarkibiy tuzilishiga, tashkil topish muddatlariga, dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili taqqoslash usuli yordamida quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda debitorlik va kreditorlik qarzlarning tarkibi va tarkibiy tuzilishi o‘rganiladi. Buning uchun, awalo, har bir qarz turi hajmi va uning hissasi aniqlanadi. Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining jamiga nisbatan har bir qarz turining hissasini shu qarz summasini 100 ga ko£paytirib, uning jamiga bo‘lish orqali aniqlanadi. So£ngra hisobot davrining oxiridagi qarzlarning hajmini davr boshidagi qarzlarning hajmiga, davr oxiridagi hissasini davr boshidagi hissasiga solishtirilib, o‘zgarishi (ko‘paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi. Ushbu o‘zgarish mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Qarzlar bo‘yicha mutlaq o‘zgarishini aniqlash uchun uning davr oxiridagi summasidan davr boshidagi summasi chegirilib tashlanadi. Nisbiy o'zgarishini aniqlash uchun mutlaq o‘zgarish summasini 100% ga ko‘paytirilib, natijasini davr boshidagi summasiga bo‘1 ish kerak. Shundan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlarning umumiy holatiga baho beriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarning tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlilini paxta zavodi misohda quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish muddati 90 kun qilib belgilangan. Muddati o£tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari nazoratga olinadi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati qonun bilan 3 yil qilib belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan kreditorlik qarzlari yoki undirib olinmagan debitorlik qarzlari korxonaning foyda va zararlar schotiga olib boriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili paytida aylanuvchanligiga ham alohida e’tibor berish zarur. Chunki majburiyatlarning aylanuvchanlik darajasi korxonaning mohyaviy ahvoliga baho berishda ishlatiladigan muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Debitorlik qarzlarning aylanuvchanligi deganda, debitorlik qarzlarni undirib olish muddati va ulaming aylanish ko‘rsatkichi tushuniladi.

Download 41.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling