Iqtisоdiy tahlil ishlarini tashkil etish bоsqichlari va ularni tasnifi


Download 21.44 Kb.
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi21.44 Kb.
#1207508
1   2   3
Bog'liq
9-Variant tahlil

Balans aktivi – bu korxona tasarrufida mavjud iqtisodiy resurslar  bo‘lib, ulardan foydalanish kelgusida foyda keltirishi ehtimol qilinadi. Korxonaning balans aktivi ikki bo‘limdan iborat:
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Joriy (aylanma) aktivlar. Uzoq muddatli aktivlar o‘z navbatida, quyidagilardan iborat: mulkiy aktivlar (aylanma mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar); nomoddiy aktivlar; sho‘ba va boshqa korxonalarga berilgan qarzlar; uzoq muddatli investitsiyalar (masalan, boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga uzoq muddatli qo‘yilmalar); boshqa aktivlar. Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham uzoq vaqt davri davomida (bir yildan ortiq) amal qiluvchi, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Qayd qilish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan “asosiy fondlar” so‘z birikmasi uchraydi. Buni o‘zini oqlagan deb hisoblash qiyin, chunki “fond” atamasining asosiy talqini – bu vositalar manbasi. Asosiy vositalar boshlang‘ich va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymat – bu qurilish va asosiy vositalar olish uchun xarajatlar, jumladan yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha xarajatlardir. Tiklash qiymati – bu oldin tashkil etilgan asosiy vo-sitalarni zamonaviy sharoitlarda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining erishilgan darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va mehnat unumdorligi darajasi hisobga olingan holda ishga tushirish qiymati. Asosiy vositalarni turlari bo‘yicha rasshifrovka qilish, ularning harakatlanishi, shuningdek, boshlang‘ich (tiklash) qiymati hamda eskirish haqida ma’lumotlar 2-moliya shakli-“Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shaklida keltirilgan.



  1. Quyidagi jadval ma’lumоtlari asоsida xоdimlar qo’nimsizligini tahlil qiling.



Download 21.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling