Iqtisodiy tahlil va audit


Download 398.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi398.53 Kb.
#1393821
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-115 Anvarov Diyorbek



FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO‘LIM 
 
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
 
 
 “IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT” 
fanidan
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
Bajardi: 20.115 guruh talabasi Anvarov Diyorbek 
Qabul qildi: ________________
 
 
 
 
 
 
 
 
Farg‘ona - 2023 


Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi 
 
Reja: 
 
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
2. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi 
3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi 
4. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 


1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot 
manbalari 
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat 
haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar 
bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan 
ko’p hatokamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda 
maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad 
buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va 
majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob 
va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi 
to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning 
maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat: to’liqlik – barcha muomalalarning 
buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi,
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi; mavjudlik – balans tuzish 
sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) 
bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-
kichikligi; huquq va majburiyatlar ichki hisob-kitoblarga doir 
majburiyatlar summalari to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) 


mezonlaridan kelib chiqqan holda; baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir 
majburiyatlarning me’yoriy
hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; aniqligi – mehnat haqi va 
undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo’yicha xarajatlar summasi va 
boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining 
sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi; hisob 

Download 398.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling