Iqtisodiy tahlil va audit


Download 398.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.04.2023
Hajmi398.53 Kb.
#1393821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-115 Anvarov Diyorbek

davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar 
qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks
ettirilganligi; taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir 
majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi 
vazifalar hal etilishi lozim.
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar  
Auditning vazifalari
Ichki 
hisob-kitoblar 
muomalarini 
auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha savollar
1. 
Ichki 
hisob-
kitoblarga 
doir 
muomalalarni 
hisobga 
olish va ichki nazorat 
samaradorligining holatini 
baholash
Mehnat haqi to’lash va hisobdor summalarni 
berishni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi va tahlili.
Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil 
etilishini baholash.
Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar 
turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi.
Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan 
nazorat.
Hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik 
hisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.


2. 
Xodimlar 
bilan 
mehnat 
haqi 
bo’yicha 
hisob-kitoblar
to’g’risidagi hisob va 
hisobot ma’lumotlarining 
ishonchliligini tekshirish.
Haq turlari bo’yicha ish haqi hisoblashning 
to’g’riligi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi.
Ish 
haqi 
xarajatlarini 
tannarx 
tarkibiga 
qo’shishning asosliligi.
Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan 
summalarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks 
ettirish.
Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga 
olishning to’g’riligi.
3. Davlat byudjetidan 
tashqa-ri fondlar, ijtimoiy 
sug’ur-ta 
va 
ta’minot 
fondlari 
bi-lan 
hisobkitoblarni 
hisob-
lashning
Byudjetdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ta’minot 
fondlariga to’lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning 
to’g’riligi.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlari bilan hisob-
kitoblarni hisobda aks ettirishning to’g’riligi.
to’g’riligi
4. Hisobdor shaxslar 
bilan hisob- kitoblarga 
doir hisob va hisobot 
ma’lumotlarining 
ishonchliligini tekshirish.
Hisobdor 
shaxslarga 
bo’nak 
berishning 
asoslanganligi.
Bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim etilishi.
Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan 
asoslanganligi.
Hisobdor 
summalarni 
xarajatlar 
tarkibiga 
qo’shishning asosliligi.
Soliqqa tortishning to’g’riligi.
Hisobdor 
shaxslar 
bilan 
hisob-kitoblarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligi.


5. 
Xodimlar 
bilan 
boshqa 
muomalalar 
bo’yicha hisob- 
kitoblar to’g’risidagi 
hisob 
va 
hisobot 
ma’lumotlarning 
ishonchliligini tekishirish.
Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni 
hisobga olishning to’g’riligi.
Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi.
Berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga 
olishning to’g’riligi.
Kamomad va o’g’irliklarning ayibdor shaxslar 
zimmasiga to’liq olib borilishi.
Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni 
hisobga olishning to’g’riligi.
6. Ichki hisob-kitob 
muomalalarini tekshirish 
natijalari 
bo’yicha 
umumiy
xulosa
Tekshiruv bo’yicha ishchi hujjatlar materiallarini 
umumlashtirish va tahlil qilish.
Xatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini) 
aniqlash. Xatolarning hisobot ishonchliligiga 
ta’sirini aniqlash.
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar 
yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash 
uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. 
Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun 
zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va 
boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.


Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va 
soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy 
hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini 
hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy 
ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan 
hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish 
to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish 
to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; 
shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob 
vedomosti (T-51sh); to’lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); 
ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq 
kartochkasi;
- ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:
«Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar 
vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari», 
«Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga 
o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha 
vedomost»;
-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans) 
hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi 
xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan 
bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 
6970 – 
«Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya 
ro’yxatlari; -Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni 
tekshirishda: kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz 
shartnomasi; moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud 
qarori; ijro varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.


Dastlabki 
hujjatlarni 
tekshirishda 
auditor 
dastlabki 
hujjatlarning 
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini 
ham aniqlashi zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu 
muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni 
nazarda tutadi.
Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda qonunchilikka rioya 
qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish 
vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to’lash, 
mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish va 
boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi», 
«o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini 
aniqlaydi.
Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan, 
mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar, shu’ba va tobe korxonalar bilan, 
ssudalar bo’yicha banklar soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan 
hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha 
hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p 
jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Tashqi hisob-kitoblarning 
ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish 
barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu boisdan, auditor tashqi 
hisobkitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi 
lozim.

Download 398.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling