DavIat soIiq qo'mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi: - byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soIiqIar, yig'imlar va to'IovIarning to'g'ri hisoblanishi, to'Iiq va o'z vaqtida o'tkazilishi masalalari bo'yicha moIiyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
- soliq to'Iovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
- moliya organlariga va xazinachilikka soliqIar va boshqa to'lovlarning haqiqatdagi tushumlari to'g'risida har oyda ma'lumot taqdim etish;
- ortiqcha to'langan soliq summalarini va soliq to'lovchilardan noto'g'ri undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
DavIat bojxona qo'mitasi vazifalari: - bojxona organlari tomonidan undiriladigan soIiqIar bo'yicha soliq tekshiruvIarini amalga oshirish;
- bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash va to'lash bilan bog'Iiq hujjatlarni tekshirish;
- soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to'Iiq rioya qilmaganligi uchun soliq to'Iovchilarning bankdagi operatsiyalarini to'xtatib turish;
- soliq qonunchiligida ko'zda tutilganjarima va boqimandalarni undirish;
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Davlat mulki qo'mitasi moliyaviy boshqaruvga oid soliqdan tashqari mohiyatga ega bo'lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
- Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya fond bozori ishtirokchilari faoIiyatini nazorat qiIib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |