«iqtisodiy tahlil»fanidan nazorat ishi
Muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ular yuzasidan rezervlar tahlili
Download 187.29 Kb.
|
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILI1
Muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ular yuzasidan rezervlar tahlili.
Amalda tovarlar jо‘natilgan ishlar bajarilgan, xizmatlar kо‘rsatilgan kundan boshlab 90 kun о‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati о‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno11. Muddati о‘tgan qarzdorlik tahlilida analitiklar nimalarga e’tibor berishi lozim? Birinchidan: muddati о‘tgan majburiyatlar yuzasidan avvalo axborotlarning aniqligi, ishonchligi va asosligiga ahamiyat qaratish lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlari muddati о‘tgan majburiyat sifatida nazoratga olinadi qachonki, yuqorida qayd etilgan (3 oy yoki 90 kalendar kun) muddat о‘tsa. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini balans qatorlari bо‘yicha juda kо‘p tarkibiy qatorlari guruhlanadi. Lekin ushbu tartib qarzdorlikning faqat mahsulot (tovar, ish va xizmat) larga tegishli bо‘lgan qismiga tegishli. YA’ni, xaridor va buyurtmachilardan majburiyatlar hamda mol yetkazib beruvchi va pudratchilarchilardan qarz qatorlariga nisbatan qо‘llaniladi. Negaki, qolgan majburiyatlarni undirish va tо‘lash tartiblari, ularni kechiktirish shartlari va talablari tegishli majburiyatlar bо‘yicha qonunchilik normalarida aniq belgilab qо‘yilgan. Masalan, soliqlar va majburiy tо‘lovlar bо‘yicha majburiyatlarni tо‘lash tartibi va muddatlari Soliq kodeksida, mehnat haqi bо‘yicha majburiyatlarni tо‘lash tartibi va muddatlari Mehnat kodeksi va kasaba uyushmalari bilan uch tomonlama kelishuv aktlarida, sug‘urta bо‘yicha majburiyatlarini tо‘lash tartiblari va muddatlari sug‘urta qonunchiligi (ikki tomonlama shartnomalarda) aniq belgilab qо‘yilgan. Muddati о‘tgan debitor va kreditor qarzdorlik korxonalarni umidsiz qarzlari sirasiga kiradi. Ularni undirish ehtimoli kamdan kam hollardagina kuzatiladi. Shu sababli umidsiz qarzlar bо‘yicha boy berilgan imkoniyatlarni о‘rnini qoplash maqsadida qarzdorlik yuzasidan zaxiralar tashkil etilishi tartibi belgilangan. Kuchli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti albatta bir turdagi korxonalarning iqtisodiy nochorlikka yuz tutishiga sabab bо‘ladi. Xaridor va buyurtmachi sifatida doimiy hamkorlarning nochorlikka yuz tutishi va bankrotlikka uchragan korxonalarda qarzni undirishdan harakatlarini boshlashdan yoki davom ettirishdan kо‘ra ushbu qarzlardan ba’zan uzil-kesil umidni uzish ham foydali hisoblanadi. Umidsiz qarzlar yuzasidan zaxiralarni tashkil etishning albatta bitta manbasi mavjud u ham bо‘lsa, korxonaning sof foydasidir. Umidsiz qarzlarni xarajatlar hisobiga shakllantirishga yо‘l qо‘yilmaydi. Umidsiz qarzlar yuzasidan zaxiralarni shakllantirish tartibi vahajmi korxona mulkdorlari kelishuvi hamda belgilovi asosida hal etiladi. Umidsiz qarzlar zaxirasini ishlatish oqlanish ehtimoli yо‘qqa chiqarilgan va oqlanish ehtimoli kichik bо‘lgan qarzdorliklar bо‘yicha amalga oshiriladi. Agarda umidsiz qarzlar bо‘lmagan, zaxira ishlatilmagan hollarda undagi mablag‘lar korxona sof foydasiga qaytariladi va boshqa maqsadlarga ishlatiladi. Xо‘sh umidsiz qarz nima? Umidsizqarz – sudqaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi,qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud ilish muddati о‘tishi oqibatida uzish mumkin bо‘lmaganqarzdir12. Korxonalar debitorlik qarzi bozor qiymatini baholash buxgalteriyahisobining milliy standartlariga kо‘raquyidagi tartibdaamalga oshiriladi: birinchidan, qarzdor tashkilotlar buxgalterlik hisoboti (Buxgalterlik balansi (1-shakl)), shuningdek, buxgalterlik balansiga ilova asosida debitorlik qarzi strukturasi va harakati tahlili amalga oshiriladi, keyin esa buxgalterlik hisobi registrlari va birlamchi hujjatlashtirish ma’lumotlari asosida aniq xо‘jalik shartnomalari bо‘yicha debitorlar kesimida debitorlik qarzi summalari inventarizatsiyadan о‘tkaziladi. Inventarizatsiya natijalariga kо‘ra debitorlik qarzi qarzdor tashkilotlar bо‘yicha aniqlashtiriladi, uning umumiy summasidan undirib olish umidsiz qarzlar va muddati uch oydan ortiq qarzdorlik ajratiladi; ikkinchidan, korxonalarning moliyaviy holatini baholash va balansning qoniqarsiz strukturasini aniqlash bо‘yicha moliyaviy kо‘rsatkichlar (va ularning о‘lchov qiymatlari) asosida har bir debitorning moliyaviy ahvolini baholash о‘tkaziladi. Shunday qilib, qarzdorlikning umumiy hajmidan undirilishi umidsizlarni ajratishni va keyin debitor korxona moliyaviy holati: joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblash, о‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti va tо‘lovga qobillikni tiklash koeffitsiyentini tahlil qilishni nazarda tutiladi. Fikrimizcha, debitor korxonalar tahlili korxona tо‘lovga noqobil ekanligini kо‘rsatsa, aynan turli nuqtai nazardan korxonalar faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy kо‘rsatkichlarni tahlil qilish kerak. Muddati о‘tgan majburiyatlarni tahlil etishda buxgalteriya balansiga ilova sifatida beriladigan muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Uning tuzilishi quyidagi tarkibiy birliklarni о‘z ichiga oladi. Ushbu rasshifrovka muddati о‘tgan qarzdorlikka mavjud bо‘lgan hollarda tо‘ldiriladi. Download 187.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling