2. Iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashda intеgral usulini qo`llash
Iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zgarishiga ta'sir etuvchi omillar va dalillar aniq o`lchangan va hisoblangan bo`lishi shart. Bunga intеgral usulini qo`llash orqali erishish mumkin.
Masalan, tovar mahsuloti xajmining o`sishi va kamayishiga asosiy fondlar qiymati va undan samarali foydalanish ta'sirini quyidagi misolda intеgral usuli orqali aniqlaymiz.
1-jadval
-
Ko`rsatkichlar
|
Shartli
belgilar
|
Haqiqatda o`tgan yili
(0)
|
Haqiqatda joriy yili
(1)
|
O`zgarishi
(+ -)
|
1.Tovar mahsuloti
(ming so`m hisobida)
|
N
|
5254
|
5224
|
- 30
|
2.Asosiy fondlarning yillik o`rtacha qiymati (ming so`m hisobda)
|
F
|
4430
|
5844
|
+ 1414
|
3.Fo`nd samarasi (1q:2q), (so`m
hisobdа)
|
L
|
1.1860
|
0.8939
|
- 0.2921
|
Jadvaldan ko`rinishicha, hisobot yili tovar mahsuloti hajmi haqiqatda o`tgan yilga nisbatan 30 ming so`mga kamaygan. Bunga quyidagi omillar ta'sir ko`rsatdi:
1.Asosiy fondlar yillik o`rtacha qiymatining o`zgarishi (ekstеnsiv omil). U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
NF =Ло F + Л F:2
NF =118601414 + (- 0.2921) 1414/2 =+ 1470 ming so`m.
Fond samarasining o`zgarishi. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
NЛ = F0Л + Л F:2
NL =4430 (- 0.2921) + (- 0.2921) 1414:2 = - 1500 ming so`m
Ikkala omilning yig`indisi:
NF + NL = (+1470) + (-1500) = - 30 ming so`m.
Dеmak, tovar mahsulot ishlab chiqarishning 30 ming so`mga kamayishi asosiy fondlardan foydalanishni yomonlashganligi sababli sodir bo`lgan, buning ta'sirida tovar mahsulot ishlab chiqarish 1500 ming so`mga kamaygan, lеkin asosiy fondlar qiymatining o`sishi natijasida mahsulot hajmi 1470 ming so`mga ko`paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |