Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/52
Sana05.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#225567
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

“Bumerang” texnologiyasi

 

   Mazkur  texnologiya  bir  mashg’ulot  davomida  o’quv  materiallini  chuqur  va 



yaxlit  holatda  o’rganish,  ijodiy  tushunib  etish,  yorqin  egallashga  yo’naltirilgan.  U 

turli  mazmun  va  xarakterga  (muomala,  munazarali,  turli  mazmunli)  ega  bo’lgan 

mavzularni  o’rganishga  yaroqli  bo’lib,  o’z  ichiga  og’zaki  va  yozma  ish  shakllarini 

qamrab  oladi  hamda  bir  mashg’ulot  davomida  har  bir  ishtirokchining  turli 

topshiriqlarni bajarishi, navbat Bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli 

ballni to’plashiga imkoniyat beradi.

 

   “Bumerang”  texnologiyasi  tanqidiy  fikrlash,  mantiqli  shakllantirishga, 



imkoniyat  yaratadi;  xotirani,  g’oyalarni,  fikrlarni,  dallillarni  yozma  va  og’zaki 


60 

 

shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.



 

   Ta’lim  Bilan  bir  qatorda  mazkur  metod  tarbiyaviy  xarakterdagi  qator 

vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

 

  -Jamoa bilan ishlash mahorati;



 

  -Muomalalik;

 

  -Xushfe’llik;



 

  -Ko’nikuvchanlik;

 

  -O’zgalar fikriga hurmat;



 

  -Faollik;

 

  -Rahbarlik sifatlarini shakllantirish;



 

  -Ishga ijodiy yondoshish;

 

  -O’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;



 

  -O’zini xolis baholash.

 

  Asosiy tushunchalar quyidagilar:



 

   Ochiq  savollar  -  bu  savollar  muomala,  so’zlashuvni  davom  ettirishga  imkon 

beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.

 

  Yopiq savollar -  bu savollar oldindan “ha” yoki “yo’q” tipidagi to’g’ri, ochiq, 



javoblarni berishni ko’zda tutadi.

 

  Ko’ndalang so’roq -  bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, 



bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dallillarni, opponentlar pozistiyasini aniqlash 

va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

 

   Ko’ndalang  so’roq  paytida  munoazaraga  kirishish  mumkin  emas.  Bu  vaqtda 



faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.

 

   




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling