Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi
Download 0.76 Mb.
|
Iqtisoxiy talimotlar tarixi.Abduqahhorov Adhamjon
sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi.Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar)ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunishinstitutlarining mavjudligi aytiladi.Yemirilish davrining iqtisodiy talimotlariYangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan G'arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi.Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan keyin to'la tugatildi.Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya'ni o'lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik ma\jud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan,rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari- feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural(mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkonigaega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va maydaishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.Yevropadagi iqtisodiy g’oyalarga qisqacha xarakteristikaG'arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o'tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar) , rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).Dastlabki davrda dehqonchilik xo'jalikning asosi edi, aholi o'rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formasiya shaklida tarkib topmadi - «Sali haqiqati», 481-614) qonunlarto'plamida aks etgan. Bunda eskijamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik) , ammo ayrim xo'jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik hamqo'llabquwatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo'la boshiaydi.Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling