Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

F.M.Sh.Furye


221 
fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib 
turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar 
mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag`batlantirishni tashkil 
etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen 
iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy 
iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o`z 
nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga 
tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi deb mehnatni 
hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o`rtasidagi 
qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul hisoblandi. 
R.Ouen qiymatning sun'iy o`lchovi bo`lmish puldan voz kechib, mehnat 
harajatlarining ekvivalenti sifatida "ishchi pullarini" joriy etishni taklif etadi. U 
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib "ishlab chiqarish uyushmalarini" 
tashkil etishga harakat qildi. 
Lekin bu urinishlar behuda bo`lib chiqdi, chunki kapitalistlar o`z 
korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o`ylamagan bo`lsalar, kasaba uyushmalari 
sotib olish uchun imkoniyatlari yo`q edi. R.Ouen birinchilardan bo`lib 
T.Maltusning "aholi nufuzi" qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og`ir 
ahvolga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi emas, 
balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi 
sabab bo`lmoqda, deb ko`rsatadi. 
R.Ouen 
xayoliy 
sotsializmi 
va 
uning 
islohotchilik faoliyati qarama-qarshi xarakterdadir. U 
ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik 
mehnatda yaratiladi, deb ko`rsatish bilan birga ayni 
vaqtda ishchilarga e'tiborsiz passiv rol belgilaydi, 
kapitalistlarni esa asosiy kamchilik qoniqarsiz tarbiyada 
deb oqlashga harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va 
faoliyatida qarama-qarshiliklar bo`lishiga qaramay, uning ayrim tajribalari 
barbod bo`lgan bo`lsada, umuman olganda R.Ouenning g`oyalari ijobiy 
ahamiyatga ega bo`lib, Angliya ishchilar harakati taraqqiyotida katta rol 
o`ynadi. U o`zining ko`pgina asarlarida jamiyatni to`g`ri tashkil qilish 
konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun 
mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb 
hisoblanadi. Shuningdek R. Ouenning ishlab chiqarish uyushmalarida ishchi 
pullarini o`rni modiy boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va umumman 
xususiy mulkchilikka berilgan baho o`sha davr uchun katta ahamiyatga molik 
edi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling