Iqtisodiy taraqqiyot to’g’risidagi turli nazariyalar Adam smith - A.Smit merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga etkazdi. Aslini olganda u bozor iqtisodiyoti asosini yaratdi.
- Iqtisodiy taraqqiyot bilan sanoat tovarlari narxi pasayish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o‘sish tendentsiyasiga ega deb hisoblaydi.
- Iqtisodiy taraqqiyotning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o‘zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o‘rganish uchun nazariy konstruktsiya yoki modeldir deb tushunishgan
Alfred marshall Uning qarashlari - U korxonada ishlab chiqarish hajmlarini o‘stirish davomida solishtirma ishlab chiqarish harajatlari o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan Shuni qayd qiladiki, odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o‘z tovariga narxni pasaytirishni ta’minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo‘llay olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat ko‘radi.
Maynard keyns Uning g’oyalari - XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko‘pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g‘oyalar soni ko‘paydi. Ana Shunday yo‘nalishning yorqin tarafdori bo‘lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Uning bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. Uning barcha asarlaridagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga o‘rinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o‘rin egallaydi va bu o‘ziga xos inqilob bo‘lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |