Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari
Download 232.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5519-Текст статьи-12096-1-10-20201027
1
f.f.d. Baxti Ochilova Jizzax davlat pedagogika instituti ORCID 0000-0002-6834-6898 Sanjar Mamatqulov, katta o‘qituvchi Ishlab chiqarish jarayoni eng avvalo mehnat jarayonidir. Mehnat – bu, insonlarning foydali faoliyati bo‘lib, insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne’matlariga ta’sir ko‘rsatib o‘z ehtiyojiga muvofiqlashtirish jarayonidir. SHuningdek mehnat iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi Mehnatning quyidagi jihatlariga e’tibor berish zarur: Inson ongli mehnat qiladi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarini ishlab chiqaradi va takror ishlab chiqaradi. Uning hayvonlardan farqi ham ana shunda. U o‘zi bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy almashuv vositasini tartibga solib, nazorat qilib turadi; Mehnat jarayonida inson faqatgina tabiatning o‘zgarishiga ta’sir qilibgina qolmasdan, o‘zining bilim doirasini kengaytiradi. Tajribasini, malakasini oshiradi va o‘zi ham o‘zgarib boradi, u inson ongining o‘sishi va taraqqiy qilishining asosiy omili bo‘lib maydonga chiqadi. “Mehnat - umumiy ehtiyojlarni qondirish yo‘lida tabiat ne’matlarini o‘zlashtirishga qaratilgan, individ va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy farovonlikni yaratishga yo‘naltirilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, u inson mavjudligining bosh mezonidir”1. Mehnat jarayonida o‘z ta’sirini o‘tkazadigan tabiat ashyolari mehnat omillari hisoblanadi. Inson mehnatining umumiy ashyosi tabiat va yer hisoblanadi. Kishilar o‘zlariga kerak bo‘ladigan hamma narsalarni ana shular ichidan tanlab oladi va ularni ham hom ashyo, yarim fabrikat sifatida qayta ishlab foydalanadilar. Fan-texnika inqilobining taraqqiy etishi bilan yangi mehnat ashyolarini hosil qilish imkoniyati yaratildi. Lekin shunda ham er, tabiat kishilik jamiyatining birinchi asosi bo‘lib qolaveradi. Demak, buyuk iqtisodchi U.Pettining “Mehnat boylikning otasi va u faol prinsipidir, er esa uning onasi”2 degan iborasi o‘z isbotini to‘la saqlab qoladi. D.Bell fikricha, postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlariga “nazariy bilimlarning markaziy roli” kiradi. U o‘z qarashlarini shunday ifodalaydi: “Har bir jamiyat doim tajriba va bilimga tayangan. ...Bizning davrimizda, nazariy izlanishlar va moddiyatshunoslikning natijalarini tizimlashtirish texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, oxirgi yuz yillikning nimchoragida - sanoatning bilim talab qiladigan yangi sohalari – kompyuterlar, elektron, optik texnikalar, polimerlar ishlab chiqarishda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi”3. Demak ilmiy bilimlar va texnologiyalar ham iqtisodiy taraqqiyotning omillari hisoblanadi. Shuningdek “XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan ilmiy-texnika inqilobining asosiy texnologik yutuqlari ilm-fanni, bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylantirdi. Ilmiy bilimlar tizimi sekin-asta jamiyat farovonligining ortishini belgilovchi omillar bo‘lgan tabiiy resurslar, homashyo, mehnat va kapital kabi an’anaviy manbalariga qaraganda, ustuvor omilga aylandi. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, tobora zamonaviy ilm-fanning asosiy sohasiga aylanmoqda va bunda ilm-fan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jadal rivojlanayotgan texnika va ishchilarning yuksalib boruvchi kasbiy bilimlariga aylanmoqda”4.
1 Вазюлин В.А. Труд // Философский словарь. М., 2001. С. 581-582. 2 Петти У. Экономические статические работы. М., 1990. С.55. 3 Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. М., 1999. С. CLIV-CLV, CLIX. 4 Философский словарь. М., 2001. С. 357. 2
Inson nimaniki yordamida mehnat ashyosiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, shu narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Unga birinchi navbatda mehnat qurollari kiradi: har-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar. Mehnat qurollarining takomillashib borishi tabiatga insonning hokimlik darajasining o‘lchovi ishlab chiqarish taraqqiyotining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ancha keng ma’noda mehnat taraqqiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmasada, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish inshootlari, turli axborot vositalari, aloqa kanallari ham mehnat vositalari hisoblanadi. Mehnat vositalari va mehnat ashyosi birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. Demak ishlab chiqarish jarayonining ro‘y berishi uchun ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi shart. Shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning omillari deganda: ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birlashishi, iste’mol qilinishi zarur. Ish kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va uning asosiy birdan-bir yaratuvchi elementidir. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning ikkala omili fan-texnika inqilobi ta’siri natijasida takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi. Ish kuchi ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, buning natijasida mehnat jarayoni ro‘y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish usullarini aniqlaydi, huddi ana shu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar tizimida shaxsiy va moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqlikda umumiy yo‘nalishini tashkil etadi. Har qanday bir butun tizim esa uning elementlarining oddiy yig‘indisidan sifat jihatdan farq qiladi. Ishlab chiqarishning samarali bo‘lishiga texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish ta’sir qiladi. Texnologiya ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifoda etgan holda fan yutuqlariga asoslanib mehnat ashyolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonlar ashyolarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini o‘zlashtirib, progressivroq bo‘lgan texnologiyani joriy qilish natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish sirlarini bilib oladilar, bu esa ish kuchiga, ishchining malakasini oshirishga yangidan-yangi talablar qo‘yadi. Ushbu jarayon esa ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan uning omillari qiyofasi, fe’li va o‘zaro ta’siri ham o‘zgarib boradi.
Hozirgi ishlab chiqarish jarayonida energiya va axborotning ahamiyati oshib boradi. SHubhasizki, qudratli energiya manbaalarini o‘zlashtirmasdan turib ish kuchi, mehnat buyumlari va vositalarining o‘zaro ta’sirini samarali bo‘lishiga erishish mumkin emas. Hozirgi ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlash birinchi darajali masaladir. Fan-texnika inqilobi ishlab chiqarish jarayonining zaruriy omili sifatida axborotni oldinga surmoqda. Uning mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda roli beqiyosdir. Ishlab chiqarish munosabatlarida mulkchilik alohida o‘rin egallaydi (uni “mulkchilik munosabatlari” sifatida ifodalaydilar). Mulkchilikning ikki turi mavjud: iqtisodiy va ma’naviy mulkchilik. Iqtisodiy mulkchilik munosabatlari huquqiy maqomga ega bo‘lib, u huquqiy aktlar bilan mustahkamlanadi. Mulkchilikning alohida shakli ma’naviy intellektual mulkchilikdir: san’at asarlari, ilmiy kashfiyotlar va h.k.5 Gegelning ta’kidlashicha: “Shaxsiy farovonlikka egalik qilishim uchun mening ichki qarashim va hoxishimning o‘zi yetarli emas va bunday farovonlikka erishishim uchun, bunday qo‘lga kiritilgan farovonlik boshqalar tomonidan ham tan
5 Qarang: Новая философская энциклопедия. М., 2001. Т. 3. С. 582. 3
olinishi kerak”6. Bu erda gap davlatning mulk egalarini, aniqroq qilib aytganda, xususiy mulkchilikni himoya qiladigan xukuqiy tuzilmalari haqida ketmoqda. Mulkchilikning turli shakllari va uni himoya qiluvchi huquqiy mexanizmlar iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida maydonga chiqadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning tarkibiy qismi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: Ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi; Ilmiy bilimlar; Mehnat vositalari; Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi; Iqtisodiy ishlab chiqarish infrastrukturasi. SHuni ham ta’kidlash zarurki iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof etilgan yo‘li mavjud emas. SHuning uchun har bir davlat o‘zining rivojlanish darajasi hususiyatidan kelib chiqqan holda resurslarni samarali ishlatish usullarini ta’minlashga harakat qiladi. SHunday qilib, jamiyat moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beruvchi iqtisodiy taraqqiyot ro‘y berishi uchun kerakli omillar va shart-sharoitlarning mavjudligiga zarurat yuzaga keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: Mehnat: mehnat samaradorligining yuqoriligi, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish (inson omili); Ish kuchi: malakali va yuqori salohiyatga ega ishchilar, ularning malakasini muntazam oshirib borishga e’tibor qaratish (inson omili); Mehnat qurollari va texnologiyalar: ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash, texnologik innovatsiyalarni ishlb chiqarish jarayoniga keng tadbiq etish (texnologik omil); Ilm-fan: ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va boshqarish, yangi resurslarni qidirib topish, moddiy ashyolarning noma’lum xususiyatlarini kashf etish borasidagi ilmiy nazariyalar (ilm-fan omili); Mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish (siyosiy-huquqiy omil); Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish siyosatini izchil olib borish (siyosiy omil). Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozor asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institut hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotning o‘ziga hos generatori vazifasini bajaradi. Iqtisodiy hayotni bozorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarish iste’molsiz mavjud bo‘lmaydi, ishlab chiqarishsiz esa iste’mol bo‘lmaydi. Har ikki jarayonning birligi bozor bilan taqozolangandir. Bozorning jamiyat uchun zarurligi borasidagi qarashlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Hususan, Aflotun bozorning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuqori baholagan. Har qanday sharoitda ham inson bozorga ehtiyoj sezishini ta’kidlab, hattoki, “agar muayyan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti bilan bozorga kelib, unga xaridor topmasa, vaqtini behuda sovurgan bo‘ladimi?”, degan savolga “Yo‘q, - deydi Aflotun, - ushbu ahvolni ko‘rib, unga o‘z xizmatini taklif qiladigan odamlar topiladi... Ular bozorda pulga nimanidir xarid qilishni ... va uni yana pulga ayirboshlashni kutib o‘tiradilar”7. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozorning asosiy institut sifatida ko‘rsatgan maktablardan biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga asos solinishida bo‘lgan. A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o‘lchanishini va buni muvofiqlashtirishda iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi.
6 Гегель Г. В. Работы разных лет. М., 1971. Т. I. С. 230. 7Qarang: Мыслители Греции. От мифа к логике. – Москва-Харьков. 1999. C.145. 4
A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil ish tutib, o‘z manfaatini ro‘yobga chiqara borib, pirovard natijada “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” vositasida, o‘zi ko‘zlamagan holda maqsad sari yo‘naltiradi. U o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha o‘zi ongli tarzda intilganiga nisbatan jamiyat manfaatlariga ancha ko‘proq samarali tarzda xizmat qiladi”8. Shunday qilib, A.Smitning fikricha, iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi, bu – bozordir, millat boyligi ortishining asosiy sharti – insonga uning iqtisodiy faoliyatida erkinlik berishdan iboratdir. Neoliberalizm oqimining taniqli namoyondasi amerikalik iqtisodchi M.Fridman iqtisodiy erkinlik himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Uning fikricha, bozor tizimidan iqtisodiy erkinlikni ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun u buyruqbozlik tizimiga nisbatan bozor tizimi hayotga ko‘proq darajada moslashuvchan, deb hisoblaydi. Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o‘rinni egallaydi va ko‘zga ko‘rinmas kuchga ega. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Bozorda xaridor o‘ziga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olib, ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo kishi ehtiyojlarining qay darajada qondirilishi uning muayyan tovarga bo‘lgan talabi, aholining pul daromadlari va uning o‘zgarishiga, bozor hajmiga, bozordagi mollarning narxlariga, iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishda yaratilgan turli-tuman mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bozor orqali etib boradi. Bozor ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki hech bir narsa tekinga berilmaydi, uni bozorda pulga sotib olish talab qilinadi. Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi9. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo‘ladi. Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uskuna, mashinalar, yoqilg‘i, elektr energiya, xom ashyo va ish kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga qaytadan boshqa tovar sotib olinadi. Demak, bozor munosabatlarida ham tovarlar, ham pul ishlatiladi. SHuning uchun buni tovar-pul munosabati deb aytiladi. Tovar yaratuvchining mehnati ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar faqat u yoki bu tovarni ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, natijada kasblarning turi ko‘payib boradi. Masalan, XXI asrga kelib er yuzida 20 mingdan ziyod kasblar paydo bo‘ldiki, ular bilan mashg‘ul kishilar 60 trillion dollardan ziyod (2010 y.) mahsulot va xizmatlarni yaratdilar, bular g‘oyat xilma-xil tovarlar bo‘lib, ularni ishlab chiqaruvchilar bozor orqali bir- biriga etkazib beradilar. Bozor iqtisodiyoti g‘oyat ko‘p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodi sharoitida vujudga keladi, hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq ko‘rinadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli-tuman bo‘lishidir.
8Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. М., 1962. С.332. 9Qobilov SH. R. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. –B.133.
5
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti bo‘lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo‘lishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o‘rnatadilar. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi – narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx- navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o‘rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo‘li talabgir, ya’ni jamiyat uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflaganholda ularni samarali ishlatish ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. SHu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Bozor iqtisodiyoti o‘zining regulyatorlariga ega. Bozor regulyatorlari – bozordagi o‘zgarishni ishlab chiqarishga etkazib, uning bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko‘payadi, ular ko‘proq ishlab chiqariladi. Tovarlar narxi pasayib, ular yaxshi o‘tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi o‘z rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo‘lish mumkin: a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda davom etgan qonunlar; b) faqat bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar. Bozor shuning uchun ham zarurki, u bir qator foydali funksiyalarni bajaradi. 1. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lash funksiyasini bajaradi. Tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. SHu harakatning qanday yuz berishi bozorga bog‘liq. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarishdan pirovard maqsad iste’mol uchun tovar yaratishdir. Bozor tizimida ehtiyojlar tovarlarni pulga ayirboshlash orqali qondiriladi, chunki tovar ishlab chiqarish bor joyda mahsulotlar va xizmatlar bozordan o‘tmay turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelib tushmaydi. Tovarlarni albatta bozordan sotib olish zarur. 2. Bozor ishlabchiqarishning qaytadan yangilanib turishiga, ya’ni uzluksiz yuz berishiga sharoit hozirlaydi. Bozorda tovarlar sotilgach, ularning egasi qilgan xarajatlarining pulini chiqarib olish bilan birgalikda foyda ham ko‘radi. Tovarni sotishdan tushgan pulga bozorning o‘zidan resurslar olinib, ularning o‘rni qoplanadi, ular miqdoran ko‘payadi, ya’ni ishlab chiqarish omillari yangidan hosil bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faoliyat takrorlanadi. 3. Bozor iqtisodiy regulyator, ya’ni iqtisodiyotni tartiblovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunga bozor narxlari orqali erishiladi. Narx pasaygan joydan resurslar chiqib ketadi, ular narx oshgan erga oqib o‘tadi. Bozor talabning o‘zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi haqidagi signalni (axborotni) ishlab chiqarishga etkazadi. Shunga binoan resurslar taqsimlanib, kerakli sohalarga yuboriladi va talabgir tovarlarni ishlab chiqarishga erishiladi. Mana shu jarayonlar bozor iqtisodiyotini tartiblashda qatnashib turishiga dalolat beradi. Shuningdek, pulni resurslar bilan ta’minlab pul muomalasini barqarorlashtirish vazifasini o‘taydi. 4. Bozor turli mamlakatlar, millatlar va elatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yetakchi sohasi hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, YAqin SHarq,Yevropa davlatlari
6
bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli “Ipak yo‘li” nomi bilan shuhrat qozongan. Xalqaro savdo-sotiq orqali turli mamlakatlar o‘rtasida muntazam aloqalar o‘rnatiladi, davlatlar iqtisodiy jihatidan bir-biriga bog‘lanadi. Bozor ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-ehtiyojni mo‘ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Xullas, bozor xalqaro aloqalarni o‘rnatish va ularni kengaytirish vositasi ham bo‘ladi. Bozorning taraqqiy etishida davlat tomonidan olib boriladigan islohotlarning ahamiyati katta. Bozor islohotlari – xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarining davlat nazorati ostida amalga oshirilishidir. Islohotlarning quyidagi turlari mavjud: - mulkiy munosabatlar islohoti; - agrar islohot; - moliya-kredit tizimi islohoti; - ijtimoiy islohotlar; - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - huquqiy islohotlar. O‘zbekiston jahon tajribasini rad etmagan holda, ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos va mos yo‘lini ishlab chiqdi va shu yo‘ldan dadil bormoqda. Bu borada O‘zbekiston oldiga quyidagi vazifalarni belgiladi: - barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlash; - iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; - ishbilarmonlikni rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish; - erkin narx-navoga o‘tish; - iqtisodiy monopolizmga yo‘l bermagan holda raqobatga keng yo‘l ochish; - ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatga mos bo‘lgan strukturasini yaratish; - qudratli iqtisodiy salohiyatga tayangan holda mamlakat - milliy boyligini oshirib, xalqning hamma qatlamlariga farovonlik, kelajakka ishonch berish; - xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuviga erishish. Mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan davr ichida O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lining salmoqli qismini bosib o‘tdi. Iqtisodiy va siyosiy tizimni yanada isloh qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish, ichki va tashqi siyosatni shakllantirishning puxta bazasi yaratildi. Download 232.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling