Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarni


Download 322.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana21.01.2023
Hajmi322.61 Kb.
#1106463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jasurbek mustaqil ish

Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarni 
taqsimlash

Xolatlar
Tassaruf 
etish
Egalik 
qilish
Foydalanish
I/Ch natijasini 
uzlashtirish
Birinchi
Yer egasi
Yer egasi
Yer egasi
Yer egasi
Ikkinchi
Yer egasi
Yer egasi
Ishchi
Yer egasi
uchinchi
Yer egasi
Ijarachi
Ijarachi
Yer egasi-
Ijarachi
To’rtinchi
Yer egasi
Ijarachi
Ishchi
Yer egasi-
Ijarachi
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat 
mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 
mulkining 
xilma-xil turlarini
, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi 
hamda yakka tartibdagi mеhnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mеhnatkashlarning shaxsiy 
mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy 
mulklarni oladi.
Shu sababli «O’zbеkiston Rеspublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman 
mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk
shaxsiy mulk, aralash mulk (3.3-chizma). 
avlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan 
13


 
mulk ob’еktlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: 
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlatning ixtiyoriga o’tkazilishi; 
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda 
invеstitsiyalarni 
amalga 
oshirish. 
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 
moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa 
mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya 
chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati 
shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mеhnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki 
ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. 
Jamoa mulkiga koopеrativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar jamiyatlari, 
xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki 
kiradi. 

Download 322.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling