Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

65 

 

XIX asr boshlarida nemis va fransuz institutlarida geografiya fani zamonaviy 



fan  sohasi  sifatida  o‗rganilgan.  Nemislar  ushbu  fanga  ikkinchi  jahon  urushiga 

qadar ko‗proq hissa qo‗shgan. 

Geografiyaga  oid  klassik  adabiyotlarning  ko‗pchiligi,  dastlab,  nemis  tilida 

nashr  qilingan.  Kanada  va  Avstriyada  yirik  tadqiqod  markazlari  joylashgan. 

Rossiyada  ham  geografiya  sohasi  ildamlab  bormoqda.  Ammo  vaziyat  doimiy 

ravishda  o‗zgarib  turadi.  1960-yillarda  geografiya  yo‗nalishi  bo‗yicha  Shimoliy 

Amerika  va  G‗arbiy  Yevropa  oliygohlariga  o‗qishga  qabul  qilinganlar  soni  ikki 

karra  ko‗pchilikni  tashkil  qilgan.  Ko‗rsatkich  shundan  keyin  birmuncha  to‗xtab 

qoldi,  ammo  1990-yillarda  yana  ko‗tarildi.  Amerika  Geograflari  assotsiatsiyasi 

a‘zolari soni o‗sha davrga kelib ikki martadan ko‗proq oshgan. 

Biz  fanning  rivojlanish  istiqbolini  tushinish  uchun  dastlab  fanning  ilgarigi 

rivojlanishini  kuzatamiz.  Bugungi  holat  bilan  kelajakka  nazar  tashlaymiz. 

Umuman olganda, quyidagi savollarga e‘tiborimizni qaratamiz: Geografiya qanday 

qilib  mustaqil  fan  sifatida  rivojlandi?  Uning  bugungi  kundagi  tuzilishi  qanday? 

Geograflar  ta‘limni  yakunlagandan  keyin  nima  qiladilar?  Geografiya  kelajagi 

imkon darajada qanday ko‗rinishga ega? Uning kelajakdagi roli qanday? 

XIX asr o‗rtalarigacha geografiya bilan shug‗ullanadigan olimlar kamchilikni 

tashkil  qilgan  (geografik  tadqiqodlar  dastlabki  paytlarida  qadimgi  Gretsiyada 

ravnaq  topgan).  O‗zini  geograf  sifatida  namoyon  qiluvchi  tadqiqodchilar  soni 

o‗sha davrda juda kam bo‗lgan. 

Tadqiqodchilar  ko‗proq  amaliy  muammolar  bilan  qiziqqanlar:  yer  tadqiqoti 

metodi,  navigatsiya  jihozi,  karta  tuzish  (ya‘ni  ma‘lum  bir  davlatni  kartada  aks 

ettirish)  va  kartani  bosmadan  chiqarish  texnikasi,  atlas  ishlab  chiqarish,  makonga 

oid  ma‘lumotlarni  kartaga  tushirish  bo‗yicha  ko‗p  savollarga  javoblar  topdilar. 

Yevropa  renesans  davrining  ta‘siri  karta  tuzishda  ahamiyatli  bo‗lgan.  Ko‗pchilik 

geografik  maktablarda  qisqa  vaqt  faoliyat  olib  borganlar  va  har  xil 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling