Iqtisodiy va siyosiy fanlar instituti
Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bu ta’sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o‘z ifodasini topadi
Download 333.62 Kb.
|
Raximova Nargiza
Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bu ta’sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o‘z ifodasini topadi.
Madaniyat, eng avvalo, bilish funksiyasi (vazifasi)ni bajaradi. Kishilar turli tarixiy davrlarda o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar. Natijada o’zlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiatning voqea va hodisalari, tabiatdagi narsalar va predmetlarning xususiyatlari hamda ichki qonuniyatlarini bilishga intilganlar. Ularning noma’lum jihatlarini ocha borganlar. Ayrimlarini bo‘ysundirib, ayrimlariga moslashganlar. turli xil xulosalarga va to‘xtamlarga kelganlar. Natijada o‘zlarining bilim darajalarini oshira borganlar, ya’ni o’zlari egallagan bilimlarini o’zlari yaratgan madaniy boyliklarda moddiylashtirganlar
Madaniyatning axborot berish (informativ) vazifasi. Inson o‘zini qurshab turgan moddiy dunyo va ijtimoiy muhitni o‘zlashtirib hamda anglab borishi natijasida muayyan darajadagi bilim, tajriba, malaka va ko‘nikmalai£a ega bo‘la boradi. Ularni boshqa kishilarga, guruh yoki tabaqalarga, o‘zidan keyin kelayotgan avlodlaiga yetkazib berish ehtiyojiga ega bo‘ladi. Insoniyat hayotining dastlabki davrlarida, ya’ni yozuvning kashf etilguniga qadar kishilar o‘zlarining bilimlari, tajriba, malakalarini og‘zaki yo‘l – xalq og‘zaki ijodi nam unalari orqali, so‘ngra yozuv orqali yetkazib berganlar. Hozirgi kunda madaniyatning axborot berish vazifasini ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, fan va adabiyot, san’at va qadriyatlar bajarmoqda.
Download 333.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling