Xulosa va takliflar.
Bugungi kunda, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson resurslaridan foydalanishdagi ekstensiv tendensiyalar fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish manfaatlariga zid kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish jarayonida asosiy eʼtibor jamiyat mehnat salohiyatidan inson resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilishi kerak. Bularni hal qilish uchun:
- ish joylarini miqdor va sifat jihatidan mavjud inson resurslari bilan muvozanatini taʼminlash;
- ishchilar sonini qisqartirgan holda ishlab chiqarishni o’stirib borishning taʼsirchan yo’llarini yaratish;
- mehnatda band bo’lish sharoitlari va shakllarini o’zgartirishni talab etadi.
O’zbekitonning o’ziga xos demografiya jarayonlarini hisobga olganda, yaʼni aholi tabiiy o’sishiing yuqoriligi munosabati bilan inson resurslaridan samaraliroq foydalanish muammosi kelib chiqadiki, mazkur muammoni hal qilish uchun birinchi navbatda respublika mehnat salohiyatining sifat va miqdoriy tamoyillari oʼzaro muvofiqligini ta’minlash kerak. Аna shundagina inson resurslaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish mumkin.
Bugungi kunda respublikada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun asosan quyidagi uch tamoyilga asoslanish kerak:
ijtimoiy yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish (qishlok xo’jaligidagi ortiqcha inson resurslarini iqtisodiyotning boshqa sohalariga sanoatga xizmat ko’rsatish sohalariga yo’naltirish);
inson resurslarini sifat jihatlarini — kasbiy tayyorgarligi, maʼlumoti, malakasini oshirish. Viloyatlarda, hududlarda inson resurslarining sifat jihatlarini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilishi kerak;
inson resurslarini boshqarishni toʼgʼri yo’lga qoʼyish, boshqarish tarkibini takomillashtirish.
Xulosa qilib aytganda, mehnat salohiyatini boshqarishdan maqsad aholini mehnatga bandligini oshirish, xalq xo’jaligini inson resurslariga bo’lgan talabni to’laroq qondirish, shuningdek, mehnatkashlarning malaka, maʼlumot, kasb-korlik darajalarini oshirish va ularni jamiyatning sotsial iqtisodiy rivojlanish sharoitlariga moslashtirish orqali jamiyat inson resurslaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |