Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi haqida


Korxonaning tijorat sirlarini himoyalashi


Download 143.4 Kb.
bet4/5
Sana14.09.2023
Hajmi143.4 Kb.
#1678139
1   2   3   4   5
Bog'liq
34 iqtisodiy xavfsizlik

3.Korxonaning tijorat sirlarini himoyalashi
Tadbirkorlar tijorat sirlarini sanoat shpionajidan, oshkora bo‘lishdan himoyalash uchun quyidagilarni amalgam oshiradilar:
- ilmiy-texnikaviy yangilik va himoya qilish uchun ularni patentlashtirish mualliflik huquqini olish, tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni aniqlash;
- hujjatlar bilan ishlaydigan xodimlarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish, ularning faoliyatini muntazam nazorat qilish, axborot va ma’lumotlar bilan ishlash tartibini belgilash hamda uning ustidan nazorat o‘rnatish;
- tijorat ma’lumotlari va axborotlarini maxsus hisobga olish, ularni saqlash tartibini o‘rnatish, nazorat ostida ko‘paytirish hamda maxsus shaxslar kuzatuvida hujjatlarni yo‘q qilish;
- xodimlarni hujjatlar bilan ishlash va ularni himoyalash bo‘yicha Korxonaning tijorat sirlari va axborotlarini himoyalash choralari Himoya qilinadigan yangilik, axborotni patentlashtirish, mualliflik huquqini olish, tijorat siri bo’yicha ma’lumotlarni aniqlash Axborot saqlash bo’yicha nazorat o’rnatish Tijorat axborotini hisobga olish. Saqlash, ko’paytirish, yo’q qilish tartibini o’rnatish Tijorat siri bo’lgan hujjatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlarni o’qitish, instruktaj o’tkazish 81 o‘qitish, mashg’ulotlar o‘tkazish, ko‘rsatma, tavsiyalar berish, kundalik eslatmalar qilish. Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi:
1.Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini ta’minlash.
2.Tezkor xavfsizlik, maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelib ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash.
3.Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat personali (xodim-lari)ni tayyorlash va o‘qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlarga qarshi kurash, yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazo. Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta’minlash natijalari to‘g‘risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollarda xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo‘limlarining zaruriy qoidalarni qo‘llash va ularga amal qilishini, nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ayrim korxonalarda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choratadbirlar miqyosi va shakli bo‘yicha farq qilishi mumkin va korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa imkoniyatlarga, muhofaza qilinadigan sirlarning miqdor sifatiga bog’liq.
Hozirgi jamiyatni axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo‘limlar kabi iqtisodiy bo‘linmalar bilan chambarchas bog‘liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka kuchliroq yondashgan holda, ularning faoliyatini to‘ldirishi zarur.


4-chizma

Xulosa
Korxona sirlari va xavfsizligi bir qarashda oddiy tushunchalar bo‘lib, ulaming mazmuni mutaxassis boMmaganlarga ham tushunarlidir. Biroq amaliyotda korxona, shuningdek, turli xo'jalik subyektlarining tijorat sirlari va xavfsizligini ta’minlash yetarlicha murakkab faoliyat sohasi hisoblanadi. Korxonaning, shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning xavfsizligi nafaqat butunlik va barqarorlik, balki atrof-muhit uchun iqtisodiy, texnik, texnologik, tashkiliy va umuman, funksional jihatdan zararsizligidadir. Korxona xavfsizligi amalda maxsus xizmat va boshqaruv organlari tomonidan, shuningdek, mos keluvchi Nizom normalari, qoidalar va yo‘riqnomalar asosida ta’minlanadi. Korxona xavfsizligiga ichki ishlab chiqarish muhitidan tashqari tashqi muhit ham ba’zida bevosita, ba’zida esa bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ichki va tashqi muhitlarning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Tijorat sirlari korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lib, ulaming chetga chiqib ketishi yoki begona shaxslarga tarqatilishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli tijorat sirlariga korxona tomonidan amal qilinibgina qolmay, unga rioya etish shartlari qonunchilik tomonidan belgilab ham qo‘yilgan. Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, maxfiy xarakterga ega va oshkor qilinishi mumkin boMmagan, shuningdek, manfaatdor idora va shaxslarga xavf-xatar tug‘dirmagan holda taqdim etish mumkin bo‘lgan ma’lumot va ko‘rsatkichlami tanlab olishni ko‘zda tutuvchi tizimga ega boiishi zarur
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning
namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi
yuzaga keladi.



Download 143.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling