Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasining Milliy iqtisodiy manfaatlari va unga bo‘lgan xavf
Download 190.5 Kb.
|
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta\'minlash strategiyasi
1.2. O‘zbekiston Respublikasining Milliy iqtisodiy manfaatlari va unga bo‘lgan xavf
O‘zbekiston – qadimiy svilizatsiya markazi. Uning hududida rxeologiya va memorchilikka oid minglab yodgorliklar saqlanib qolgan. Ilmiy markazlar va muzeylarda o‘lkaning o‘ziga xos ko‘p asrlik tarixidan guvohlik beruvchi ko‘p miqdordagi qo‘lyozma va ashyolar saqlanmoqda. So‘nggi yillarda o‘tmishga, milliy tarixga, azaliy qadryatlar va an`analarga munosabat tubdan o‘gardi. O‘zbekiston xalqi tarixi va iqtisodini ilk manbalarga asoslangan holda chuqur va obyektiv o‘rganish boshlandi. Xalq bayramlari va marosimlari qayta, diniy e`tiqodlari erkinligi to‘la tiklanmoqda. O‘zbekistonda yashovchi yuzdan ortiq millat va xalqlarning milliy o‘zligini anglash va qadr-qimmati tiklanmoqda. An`anaga aylanib borayotgan shonli sanalarni bayram qilish xalqning milliy o‘zligini anglash, tarixiy madaniyati va iqtisodi shakllanishida katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda o‘zida jahonga mashhur shaharlar- Buxoro, Xiva va Termizning 2500 yilligi, azim shahar Toshkentning 2000 yilligi, buyuk davlat arbobi Amir Temurning 660 yilligi, Jaloliddin Manguberdining 900 yilligi, buyuk Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-Farg`oniy, Imom Motrudiy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning yubileylari va Shahrisabzning 2700 yillik to‘yi o‘tkazildi. Yunesko homiyligida o‘tkazilgan bu tantanalarning barchasi jahon afkor ommasiga ma`lum va mashhur bo‘lib, ularning har biri jahon madaniyati xazinasiga va Buyuk ipak yo‘li orqali iqtisodiyotga ajdodlariniz qo‘shgan salmoqli ulushdir. O‘rta Osiyoning markaziy qismini egallagan O‘zbekiston eng muhim tarixiy voqealar sodir bo‘linib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu tufayli, uning xalqi tarixini, voqealarini ko‘zdan kechirgan va o‘tmish obidalarini o‘rgangan chog`da makedoniyalik Aleksandr, Chingizxon armiyasi va boshqa sarkardalar millat xavfsizligiga tajovuz qilganligiga, uning iqtisodiyoti va manfaatlariga shikast yetkazganligiga guvoh bo‘lamiz. 1991 yil 31 avgustda o‘zbek xalqining daxlsiz huquqi- o‘z taqdirini o‘zi erkin belgilash huquqi amalgam oshdi. Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e`lon qilindi, u o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. O‘zbekiston o‘zining haqiqiy davlatchiligiga tinch, parlament yo‘li bilan erishdi. Mustaqilikka erishgach, O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos, ajoyib yo‘lini tanladi. Uning mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyati qurish, xalqning hayot kechirishi uchun munosib shart –sharoit yaratib berishdan iborat. Ozod – obod Vatan, erkin va farovon hayot milliy iqtisodiy manfaatlarning pirovard asosi, oily maqsad etib belgilangan. Tanlangan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyati – bu, normal, svilizatsiyali taraqqiyotga soxta inqilobiy sakrashlar, fojiaviy oqibatlar va kuchli ijtimoiy o‘zgarishlarsiz tadrijiy yo‘l bilan o‘tishdir. O‘zbekistonning haqiqiy mustaqillikka erishishdagi o‘z yo‘li respublika iqtisodiy taraqqiyoti manfaatlarining asosi, o‘ziga xos shart- sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Avalmbor, u aholining milliy- tarixiy turmush ukladi, fikrlash tarzi, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqqan. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqish va amalgam oshirishda diniy “islom omili”ni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o‘tgan asrning 90- yillari boshlaridan mamlakatda iqtisodiy manfaatlar muammosi keskin va dolzarb bo‘lb qoldi. Bu “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining juda murakkabligi bilan bog`liq. An`anaviy yo‘nalish va usullar iqtisodiy xavfsizlikni to‘liq tavsiflashga, iqtisodiy munosabatlar darajasini avvaldan aytib berish va barqarorlikni saqlashning amali yo‘llarini ko‘rsatishga ojizdir. Shuning uchun mamlakatning oily hukumat organlari doirasida iqtisodiy xavfsizlik har xil talqin qilinadi. Shuningdek, unga erishish masalalari va vositalarining ustuvorligini ta`minlashga yo‘naltirilgan aniq konsepsiya va strategiya ham yo‘q. Iqtisodiy xavfsizlik – davlat milliy xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilaridan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlah yo‘llari, vositalari va usullariga asos soluvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual ko‘rinishda u davlatning iqtisodiy potensiali holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslangan. Iqtisodiy xavfsizlikning davlat strategiyasini ishlab chiqish uchun har qanday xavf va xususan, iqtisodiy xavfni majmuali tekshirish kerak. Yuqorida qayd etganimizdek, iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanishning barqarorligiga o‘xshash bo‘lgan muhim tashkil etuvchilari yotadi –bu material, inshootning, uni yangi sifat holatiga, ya`ni tarkib yoki tuzum o‘zgarishiga keltiradigan qonuniy o‘zgarishidir. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Barqarorlik –bu, jamiyatning favqulotda holatlarda ham o‘z manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati, holatini tiklash imkoniyatidir. Bu jamiyat faoliyatining hamma sohalarida o‘tkaziladigan va uning potensialini takomillashtirishga, hayotga qobilligini ta`minlashga yo‘naltirilgan choralar majmuasidir. Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti tashkil etilgan va muvofiqlashtirilgan iqtisodiy munosabatlar yig`indisi sifatidagi davlat iqtisodiy tiziminig o‘zidir. Iqtisodiy xavfsizlikning inshootlari –ularning himoyasi, xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va strategik maqsadini tashkil etgan, real mavjud bo‘lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlardir. Inshootlarga, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarning yetuklik darajasini aniqlovchi shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim me`yori shaxs, guruh, jamiyat va davlat iqtisodiy manfaatlarini saqlash, xavfsizlikni ta`minlash uchun ularning o‘zaro javobgarliga asoslanadi. Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari funksional va soha vazirlik va idoralari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar, fondlar va sug`urta kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va istemolchilar hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikning ta`rifi ko‘p. Ulardan biri iqtisodiy xavfsizlik – bu, davlatning iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi eng kam chiqimlar bilan barqaror, bosqichma-bosqich rivojlangan holda jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalgam oshirish uchun milliy manfaatlar ustuvorligini ta`minlashga imkon beruvchi ( ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir. Milliy iqtisodiy manfaatlar va maqsad. Liberal (murosasoz) ta`lim tarafdorlari fikriga ko‘ra, iqtisodiy va milliy xavfsizlik asosini alohida fuqarolarning jamoa manfaatlari, umumiy manfaatlar va davlat manfaatlaridan kelib chiqadigan manfaatlari tashkil etadi. Ularda davlat, fuqarolar, jamoa va davlatning o‘zi rivojlanishi uchun, ishlab turgan inshootlari va subyektiv omillarning butun spektri bilan belgilangan, eng yaxshi sharoitlar yaratib beruvchi qurol sifatida qaraladi. Milliy manfaatlar deganda, shaxs, jamoa va davlatning mamlakat tarqqiyotiga bo‘lgan ehtiyojlarini ifodalovchi hayotiy muhim manfaatlari yig`indisi anglashiladi. Boshqacha aytganda, milliy manfaatlar –O‘zbekistonning milliy manfaatlari –bu, uning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy tuzilishi xususiyatlaridan, iqtisodiy rivojlanish darajasidan, xalqaro mehnat taqsimotidagi tarixiy o‘rnidan, geografik holatning ixtisoslanishidan, milliy va madaniy an`analaridan kelib chiquvchi har bir fuqaro, jamoa va davlat inshootlari ehtiyojlaridan. Mamlakat aholisining shaxsiy va milliy manfaatlari juda murakkab tuzumga ega. U turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratilishi mumkin. Xavfsizlik subyektlari uchun manfaatlar ijtimoiy ahamiyatining darajasiga ko‘ra, hayotiy muhim va ikkinchi darajali bo‘ladi. Ta`sirining davomiyligiga asosan, ular doimiy va vaqtinchalikka bo‘linadi. Inson uchun, avvalo, ularning iste`moli qondirilishi va har qaysi fuqaro, jamoa, davlatning taraqqiy rivojlanish imkoniyati va mavjudligini ta`minlab beruvchi hayotiy ehtiyojlar yig`indisi sifatidagi muhim manfaatlar alohida ahamiyatga egadir. Yashash muammolari bilan bog`liq bo‘lmagan manfaatlar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Asosiy xavfsizlik inshootlarining hayotiy muhim manfaatlari –ular amalga oshirilmay, davlat va jamoaning barqaror holati, shuningdek, xalqaro munosabatlarning mustaqil erkin subyekti sifatida mamlakkatning normal rivojlanishini ta`minlash mumkin bo‘lmagan milliy manfaatlarning bir qismi. Hayotiy muhim bo‘lgan manfaatlarni tashqi va ichki xavflardan kafolatlangan himoyalash holati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligi mazmuni va uning barqaror rivojlanish sharoitidir. Qo‘shma manfaatlar –tomonlarning umuniy yondoshishini ko‘zda tutgan, maqsad va ularga erishish usullari bir xil bo‘lgan manfaatlar. Bu manfaatlar mustaqil amalga oshirilmaydi, ular tomonlarning umumiy maqsadlarga erishishida maksimal darajada hamkorligini ko‘zda tutishadi. Milliy manfaatlar maqsadini amalga oshirish va himoyalash davlatning asosiy vazifasidir. Milliy manfaatlat asosida davlat boshqaruvining mos organlari va institutlari, davlat iqtisodiy siyosatining, mazmuniga ko‘ra, fuqarolar, jamoa va davlatning o‘zlarini, eng avvalo, hayotiy muhhim bo‘lgan manfaatlarini qanoatlantirish sohasidagi aksi bo‘lgan maqsadlarini ishlab chiqadi va shakllantiradi. Bu maqsadlarga o‘zlari uchun mos masalalarni yechish yo‘li bilan erishiladi. Bunday masalalar yechimini ta`minlash uchun davlat boshqaruv organlari, respublika rahbariyati tomonidan maxsus choralar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Shaxsiy va milliy manfaatlar va maqsadlar iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash siyosati va strategiyasining asosidir. Ular har qanday davlatning ichki va tashqi siyosati maqsadlarini belgilaydi. Respublikada islohotlarning birinchi bosqichida mulk, raqobat va tadbirkorlik to‘g`risida qator qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. 1994 yil yanvarda O‘zbekston Respublikasi birinchi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora -tadbirlari to‘g`risida”gi Farmoni chiqdi. Bu hujjat bozor munosabatlari sari tub burilish ro‘y berganini, iqtisodiy islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichi boshlanganini anglatadi. Islohotlar strategiyasini belgilashda O‘zbekiston hukumati mulkchilik masalalari hal etilib, ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllangan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishi izchil amalga oshirilgan taqdirdagina islohotlar shaxs ko‘nglidagi natijani beradi, degan fikrga asoslanadi. Republika itisodiyorinin barcha tarmoqlarida nodavlat sektor, ya`ni shaxsning manfaati ustuvorligini ta`minlashga yo‘naltirilgan tizim jadal rivojlanmoqda. 2001 yilda nodavlat sektorda yalpi ichki mahsulotning 74,1, sanoat mahsulotining 70,8, qishloq xo‘jaligi ichki mahsulotining 99,0 foizi ishlab chiqarildi, qurilish -pudrat ishlarining 83,9 foizi bajarildi, aholiga pullik xizmatning 59,4 foizi ko‘rsatildi. Umumiy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lgan shaxslarning 76,0 foizi nodavlat sektoridadir. 2002 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, barcha mulk shakllarining 88,3 foizi nodavlat, qolgan atiga 11,7 foizgina davlat mulki shaklida. Bu esa mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfi vujudga keltirilayotganini ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning ahvoli ijtimoiy-iqtisodiy asos barqaror emasligi, turli ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarining har xilligi va o‘zaro qarama-qarshiligi, ichki nizoli munosabatlar oqibatida birmuncha og`irlashdi. Fuqarolar va davlat, alohida ijtimoiy guruhlar va butun jamiyat, jamiyat va davlat manfaatlari bilan bog`liq jarayonlardagi qarama-qarshiliklar keskinlashishi natijasida mamlakat ichidagi u yoki bu xavfsizlik inshootlariga xavf tug`iladi. Bu iqtisodiy xavfsizlikka ichki xavflardir. Davlat va davlatlar guruhi yoki alohida davlatlarning manfaatlariga dahldor qarama – qarshiliklar keskinlashishi natijasida milliy iqtisodiy manfaatlariga tashqaridan xavf paydo bo‘ladi. Bu milliy xavfsizlikka tashqi xavfdir. Umumiy holda iqtisodiy xavfsizlikka xavf deganda, hayotiy muhim milliy manfaatlar zarar ko‘rishiga sabab bo‘luvchi omillar va sharoitlar yig`indisi tushuniladi. Boshqa davlatlar, shaxslar guruhi, alohida shaxslar, kechayotgan muayyan jarayonlar va hodisalar xavf manbai bo‘lishi mumkin. Xavflar ko‘lamiga qarab, planetar, regional, milliy va local darajalarda namoyon bo‘lishi, ular imkoniyatiga ko‘ra, xohlagan daqiqada sodir bo‘ladigan real xavflarga, ma`lum sharoitlar yaratilganida yuzaga chiqadigan potensial xavflarga bo‘linishi mumkin. Shuningdek, mavhum xavflar guruhi ham uchraydi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta`minlovchi hamma tizimning amaliy harakatini ro‘yobga chiqarish, rejalash va tashkil etish asosida real va potensial, ichki va tashqi xavflarni baholash hamda tahlil qilish yotadi. Xavflar turli xarakterga ega bo‘lib, mohiyati va hajmi bo‘yicha har xil oqibatlarga olib keladi. Xavflar paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, ortishi va kamayishi mumkin. Bunda ularning iqtisodiy xavfsizlikka nisbatan mohiyati o‘zgaradi. Shuning uchun birlamchi xavflarni to‘g`ri aniqlash va oldindan aytib berish juda muhim. Bu, mamlakat xavfsizligini ta`minlashda resurslar, kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz boshqa mamlakatlardan miliy tarkibining o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Chunonchi, mamlakatimiz etnik tizimida tub aholi yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, respulika hududida yuzdan ortiq millat vakillari yashaydi. O‘zbekistonning milliy-madaniy xilma-xilligi milliy o‘zlikni anglash va ma`naviy tiklanish darajasi o‘sishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilashga, uning ochiq bo‘lishiga kuchli turtki beradi, respulika jahon jamiyatiga qo‘shilishi, milliy manfaatlarga xavf dahl qilmasligi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Download 190.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling