Iqtisodiy xavfsizlikning makroiqtisodiy indikatorlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
9.Иқтисодий хавфсизликнинг макро-иқтисодий индикаторлари
01 01 IQTISODIY XAVFSIZLIKNING MAKROIQTISODIY INDIKATORLARI IQTISODIY XAVFSIZLIKNING MAKROIQTISODIY INDIKATORLARI Iqtisodiy xavfsizlikning makroiqtisodiy indikatorlari
Iqtisodiy xavfsizlik bu - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish bo ʻyicha koʻradigan chora- tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda Iqtisodiy xavfsizlikni ta ʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni o ʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni- ka taraqqiyotini kuzatish va boshqa ishlarni bajaradilar . I.h.ni ta ʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni ishlab chiqarish, xarajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. 02 02
Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari) Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqlikdir. Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko’rsatkichlari asosida iqtisodiy tizimning amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Ko’rsatkichlar tahlikali chegaralar sifatida qabul qilingan birliklardan chekingan holatlarda tizim izchil rivojlanishga 14 bo’lgan qobiliyatini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yo’qotib boradi, transmilliy korporatsiyalarning ekspansiyasi ob’yektiga aylanib qoladi, milliy boyliklarning talon-taroj qilinishi, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarining kengayishidan zarar ko’radi. BUSINESS PLAN | JANUARY 2020 03
– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash; – resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash; – iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash; – hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash; – suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash; – ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash. Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: 04
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat budeti kamomadi; ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi; ishsizlik darajasi; turmush darajasi va sifati; oltin valyuta zahiralari; xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling