19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
soliq organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliya hisoboti hisobot yili boshdan qo‘shilib boruvchi jamlama tartibida yilning har choragida taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat № 942, 03.07.2000-y.).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi buxgalteriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-iyundagi 227-sonli qarori bilan tasdiqlangan Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllarining ro‘yxati.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Do'stlaringiz bilan baham: |