Iqtisodiyot / Sanoat]


Download 135 Kb.
bet1/14
Sana09.04.2023
Hajmi135 Kb.
#1346664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
226 16.03.2019



[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘z kuchini yo‘qotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning o‘rniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyuldagi 538-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.V. Gulyamov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 226-son qaroriga
ILOVA
Gaz xo‘jaligida xavfsizlik
qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalar aholi punktlarida joylashgan gaz ta’minoti tizimida, sanoat korxonalarining, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) gaz quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalarning chiqishi;

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling