Iqtisodiyot / Sanoat]
Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
Download 135 Kb.
|
226 16.03.2019
Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
1. Gaz quvurlari va agregatlariga o‘rnatilgan, avtomatik boshqaruv, signalizatsiya asboblari va nazorat vositalari hamda portlashdan saqlangan elektr uskunalarini doimiy ravishda texnik nazorat qilish, ularga xizmat ko‘rsatish, joriy va mukammal ta’mirlash ishlari tashkilotlar (ularning egalari) tomonidan amalga oshiriladi. 2. Impuls gaz tarmoqlari va berkitish armaturasining germetikligini tekshirish ishlari gaz jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida bajariladi. 3. O‘lchov vositalari, avtomatik boshqaruv va signalizatsiya tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining hajmi va muddatlari ishlab chiqaruvchi zavodlarning foydalanish yo‘riqnomasida belgilanadi. 4. Nazorat-o‘lchov asboblarining sozligi va to‘g‘ri ko‘rsatayotganligini aniqlash amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajariladi. Nazorat-o‘lchov asboblarining to‘g‘ri va soz ishlayotganligini tekshirib turish uchun prujinali manometr ostiga uch yo‘nalishli jo‘mrak o‘rnatiladi. 5. O‘lchov vositalari quyidagi muddatlarda majburiy davriy davlat qiyoslov tekshiruvidan o‘tkaziladi: ko‘rsatuvchi, masofadan boshqariladigan manometrlar — yiliga kamida bir marta; SUG ballonlarini nazorat tariqasida tortib ko‘rish uchun foydalaniladigan og‘irlikni o‘lchash asboblari — yiliga kamida bir marta; ko‘chmas va ko‘chma gazanalizatorlar — yiliga kamida ikki marta; etalon qadoq toshlar — yiliga kamida bir marta. Yuqorida keltirilgan nazorat-o‘lchov asboblari mukammal ta’mirlangandan keyin ham davlat qiyoslash tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim. 6. Tamg‘asi bo‘lmagan, tekshirish muddati o‘tib ketgan, shikastlangan yoki o‘chirilganda shkalaning ko‘rsatkichi “nolga” qaytmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish mumkin emas. 7. Ko‘rsatuvchi manometrlarning tsiferblati yoki korpusida ishchi bosimiga mos keluvchi shkalaning ko‘rsatkichi bo‘yoq bilan ko‘rsatib qo‘yiladi. 8. Xavfsizlik avtomatik qurilmalari va signalizatsiya vositalarining o‘rnatilgan ishlab ketish ko‘rsatkichlari sozlash tashkilotining texnik hisobotida ko‘rsatilgan parametrlarga mos bo‘lishi (gaz analizatorlari xonada gazning xavfli konsentratsiya miqdori yuzaga kelganda ishlab ketishi) kerak. 9. Himoya, blokirovka va signalizatsiya qurilmalarining ishlab ketishi, ishlab chiqaruvchi zavodlarning yo‘riqnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta tekshiriladi va bu haqda ixtiyoriy ko‘rinishdagi jurnalga qayd etiladi. 10. Gazlanganlikni nazorat qiluvchi gaz signalizatorlarining belgilangan parametrlarga mosligini tekshiruvi nazorat gaz aralashmasi yordamida bajariladi. Gazosignalizator yaroqliligini xonani gazlashtirish orqali tekshirish taqiqlanadi. 11. Loyihada ko‘zda tutilgan blokirovka va signalizatsiya, nazorat-o‘lchov asboblarini o‘chirib qo‘ygan holda gaz jihozlaridan foydalanish taqiqlanadi. 12. Ta’mirlash yoki tekshirish uchun olingan asboblar o‘rniga zudlik bilan aynan shunga o‘xshash, shu jumladan ishlatish sharoiti ham o‘xshash bo‘lgan asboblar bilan almashtiriladi. 13. Zarur holatlarda va istisno tariqasida (blokirovka, signalizatsiya yoki nazorat-o‘lchov asboblari ishlamaganda) tashkilot rahbarining yozma ruxsati bilan qisqa muddatda ayrim qurilma va agregatlarning himoyasini uzib qo‘ygan holda ishlatishga ruxsat etiladi. Bunda ishlarni xavfsiz va bexatar olib borish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi. 14. Gazlanganlikni aniqlovchi uzluksiz ishlaydigan gazosignalizatorlarni almashtirishdan oldin ishlab chiqarish xonalari havosidagi gaz miqdori ish smenasining har o‘ttiz daqiqasida ko‘chma asboblar bilan nazorat qilib boriladi. 15. O‘lchov vositalariga, avtomatik va telemexanik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va rejali ta’mirlash ishlari ulardan foydalanuvchi tashkilotlarning ixtisoslashgan xizmatlari tomonidan yoki belgilangan tartibda ruxsatnomaga ega bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma asosida bajariladi. 16. Havo gazlangan sharoitda avtomatlashtirish, avariyadan himoyalash va signalizatsiya tizimlarini sozlash hamda ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi. 17. Elektr jihozlari ularni ishlab chiqaruvchi zavodlarning yo‘riqnomalari talablariga muvofiq ravishda ishlatiladi. Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga 4-ILOVA Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling