Iqtisodiyot / Sanoat]
Avariya vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish
Download 135 Kb.
|
226 16.03.2019
Avariya vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish
1. Aholi punktlaridagi gaz ta’minoti tashkilotlarida avariyalarning oldini olish va bartaraf etish uchun dam olish va bayram kunlarini inobatga olgan holda kechayu-kunduz ishlaydigan, avariya dispetcherlik xizmatlari (keyingi o‘rinlarda ADX deb yuritiladi), ularning filiallari va postlari tashkil etiladi. ADX va ularning filiallari shtatlari, moddiy-texnik ta’minoti, shuningdek, texnik va operativ-foydalanish hujjatlari gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan belgilanadi va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. 2. Tarkibida ADX mavjud bo‘lmagan foydalanish bo‘limlari, ularga tegishli yordam ko‘rsatish uchun mavjud ADXga yoki ularning eng yaqin joylashgan filialiga (gaz ta’minoti tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan) biriktiriladi. Ushbu bo‘limlarda avariyaviy ishlar gaz xo‘jaligi tashkilotlari ADXning rahbarligi, nazorati va yordamida bo‘lim xodimlari tomonidan bajariladi. 3. Gaz ta’minoti tizimlaridan foydalanadigan tashkilotlar, avariya ishlarini o‘zlarining gaz xizmati kuchlari va vositalari bilan amalga oshiradilar. O‘zlarining gaz xizmati mavjud bo‘lgan tashkilotlarning avariya chaqiruvlariga ko‘ra gaz ta’minoti tashkilotlarining ADXlari avariyalarning oldini olishda va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi hamda ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. 4. Avariya holatlarining oldini olish va bartaraf etish brigadalarining faoliyati ularning tegishli rejasida hamda har bir tashkilot tomonidan mahalliy sharoitni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan, turli tashkilotlarning tegishli xizmatlari bilan birgalikda ishlash rejasida belgilanadi. Rejalarni ishlab chiqish, o‘z vaqtida ularga qo‘shimcha va o‘zgartishlarni kiritish, ularni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash (uch yilda kamida bir marta) uchun javobgarlik gaz ta’minoti tashkilotining rahbari zimmasiga yuklanadi. 5. Har bir tashkilotda avariya brigadalari bilan quyidagi muddatlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishchi-xodimlarning tezkor xatti-harakatlariga baho beriladi: avariyalarning oldini olish va bartaraf etish rejasi bo‘yicha har bir brigada uchun rejadagi mavzuga oid — har olti oyda kamida bir marta; turli tashkilotlarning tegishli xizmatlari bilan birgalikda ishlash rejalari bo‘yicha — yiliga kamida bir marta. Mashg‘ulotlar haqiqiy sharoitga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘tkaziladi va gaz ta’minoti tashkilotining maxsus jurnalida qayd qilinadi. 6. ADXga tushgan barcha talabnomalar maxsus jurnalda qayd qilib boriladi. Jurnalda talabnoma kelgan vaqt, qisqa mazmuni, murojaat qiluvchining manzili, familiyasi, ismi, sharifi, avariya brigadasi chiqib ketgan va manzilga yetib borgan vaqt hamda shikastlanishlar turi va bajarilgan ishlar ko‘rsatiladi. Talabnomalarning o‘z vaqtida bajarilishi va ishlar hajmi gaz ta’minoti tashkilotining rahbari tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. 7. Gaz mavjudligi haqida talabnoma olgan dispetcher, talabnoma beruvchiga zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish haqida tushuntirish beradi. 8. Avariyalar haqidagi talabnomalarni bajarish ishlarini tashkil qilishga ADX brigadasi avariya yuz bergan joyga 40 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi zarur. Portlash, yong‘in, xonalarning gazlanganligi haqidagi xabarnomalar bo‘yicha ADX brigadasi avariya joyiga 5 daqiqa ichida chiqib ketishi lozim. 9. Tashqi gaz quvurlarida yuz bergan avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun maxsus avtomashinada chiqib ketayotgan avariya brigadasida yo‘nalish xaritalari va zaruriy ijro-texnik hujjatlar (gaz quvurining planlari, joylashgan o‘rni, o‘lchami, payvand choklar sxemalari) bo‘lishi talab etiladi. 10. Avariya avtomashinalari quyidagilar bilan jihozlanadi: yer osti va yer usti gaz quvurlari, ulardagi jihozlarning chizmalari — 1 to‘plam; asboblar uchun quti — 1 ta; uglekislotali o‘t o‘chirgichlar — 2 ta; kukunli o‘t o‘chirgichlar — 2 ta; gaz sizib chiqishini aniqlovchi asbob — 1 ta; uzunligi 4 metrgacha bo‘lgan yig‘ma narvon — 1 ta; yo‘l belgilari to‘plami — 1 komplekt; individual himoya vositalari to‘plami — 2 ta; asbest namat — 5-6 kvadrat metr; tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan quticha — 1 ta; shlang uzunligi 10 va 20 metrli protivogazlar — 2 ta; chelaklar — 3 ta; har xil o‘lchamlardagi boltlar va gaykalar — 20 ta; har xil qalinlikdagi paronitlar — 4 ta; uchli belkuraklar — 3 ta; ketmonlar — 2 ta; lomlar — 2 ta; qora metalli kuvalda — 1 ta; quvurlar qopqog‘ini ochish uchun ilgaklar — 2 ta; har xil o‘lchamlardagi gaz kalitlari — 2 to‘plam; grafitli suruvchi moy — 0,5 kilogramm; duradgorlik katta boltasi — 1 ta; har xil o‘lchamdagi chilangarlik zubilalari — 4 ta; gayka kalitlari to‘plami — 2 ta; tashqi va ichki kalitlar to‘plami — 2 ta; qora metalli bolg‘a — 2 ta; qo‘l bilan burg‘ulash qurilmasi to‘plami — 2 ta; suyuqlik manometrlari — 2 ta; prujinali manometrlar — 2 ta; xo‘jalik sovuni — 2 ta; supurgi — 1 ta; kaskalar — 5 ta; har xil egovlar to‘plami — 1 ta; 2 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan qopli mato — 2 ta; arra — 2 ta; metall kesadigan pichoq — 1 ta; 2 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan rezinali prokladkalar — 2 ta; har xil o‘lchamlardagi konusli taxta tiqinlar — 6 ta; har xil o‘lchamlardagi metall tiqinlar — 10 ta; diametri 10 millimetr bo‘lgan salnikli zichlagichlar — 5 metr; diametri 50 millimetrdan 700 millimetrgacha bo‘lgan metall bandajlar — har biri 1 to‘plamdan; 15 millimetrdan 50 millimetrgacha bo‘lgan sgonlar to‘plami — har biri 5 tadan; har xil diametrdagi tirsaklar — 5 ta; cho‘ntak fonarlari — 5 ta; arqon — 20 metr. 11. Avariya brigadasining avariya yuz bergan joyga o‘z vaqtida yetib borishiga hamda avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejasiga muvofiq ishlarning bajarilishi uchun ADX rahbari javob beradi. Avariya mashinalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish va ADX xodimlarini lavozim yo‘riqnomasidan boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi. 12. Yerto‘lalar, tunnellar, kollektorlar, yo‘lak (podyezd)lar, binoning birinchi qavatidagi xonalarda tabiiy gazning hajmiy miqdori 1 foizdan yoki SUGning miqdori 0,4 foizdan ortiqligi aniqlanganda gaz quvurlari ta’minot tizimidan zudlik bilan uzib qo‘yiladi va xavfli joydan odamlarni evakuatsiya qilish choralari ko‘riladi. 13. Shikastlangan gaz quvuriga (gaz sizib chiqishini vaqtincha to‘xtatib turish uchun) bu joyni muntazam nazorat qilib turish sharti bilan bandaj yoki xomut o‘rnatishga ruxsat etiladi. Bandaj va xomutlar o‘rnatilgan yer osti gaz quvurlarini ko‘mish taqiqlanadi. Ichki gaz quvurlarida bandaj yoki xomutning turish muddati bir smenadan (8 soatdan) oshmasligi kerak. 14. ADX portlash, yong‘in va zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolining oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin avariyalar yoki avariya holatlarini bartaraf etish ishlarini gazdan foydalanish xizmatlariga topshirishi mumkin. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/226/2781-son) Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling