Iqtisodiyot / Sanoat]
-bob. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanish
Download 135 Kb.
|
226 16.03.2019
3-bob. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanish
23. Ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilmasdan gaz iste’mol qiluvchi tashkilotlar gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanishi mumkin emas. 24. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga quyidagi vazifalar yuklanadi: mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish, gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining soz holatda saqlanishini ta’minlash, shu jumladan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun kompleks chora-tadbirlarni bajarish hamda uch bosqichli nazorat tizimini olib borish; ijobiy tibbiy xulosaga va malakasi yetarli bo‘lgan xodimlarga ega bo‘lish; xodimlarni o‘z vaqtida tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishni tashkil etish; individual himoya vositalari bilan ta’minlash; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borish uslubi va tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga ega bo‘lish; sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha ishlab chiqarish nazoratini o‘rnatish va tashkil etish; nazorat tizimi va o‘lchov asboblarining bo‘lishi va ishlashini ta’minlash; avval qurilgan gaz xo‘jaligi tizimi obyektlariga mazkur Qoidalarning 10-bandiga muvofiq gaz signalizatorlari o‘rnatish va ularning ishlashini ta’minlash; mazkur Qoidalarga muvofiq gaz jihozlari, uskunalari, inshootlari va gaz quvurlarining texnik holatini diagnostika qilish va texnik ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlash; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarida sodir bo‘lgan avariyalar, insident yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida mutasaddi organlarga belgilangan tartibda xabar berish; avariya, insident yoki baxtsiz hodisalarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, mutasaddi organlarga ularning kelib chiqish sabablarini tekshirishda yordam ko‘rsatish va ularni hisobga olish choralarini ko‘rish. Gaz xo‘jaligida ishlatiladigan o‘lchov asboblari O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov asboblari Davlat reyestriga kiritilishi, belgilangan tartibda tekshirilishi va tekshirish o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi kerak. 25. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning huquqlari: gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar, shuningdek, shartnoma asosida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan aloqa qilish; gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda belgilangan texnik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni tomonlar o‘zaro kelishgan tartibga muvofiq uzluksiz yetkazib berilishini talab qilish; shartnoma bo‘yicha gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini montaj qiluvchi, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajaruvchi va ta’mirlovchi tashkilotlar ruxsatnomasi nusxasiga ega bo‘lish; gaz ta’minoti loyihalarini ko‘rib chiqishda va gazlashtirilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oluvchi komissiyalar ishida qatnashish. 26. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish va bajarish tartibi mazkur Qoidalar hamda jihoz va agregatlarning texnik hujjatlari bo‘yicha belgilanadi. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha reja-jadval gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlariga ega tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari shartnoma asosida amalga oshiriladi. Gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari shartnoma asosida tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvallarga asosan bajariladi. 27. Gaz bilan kesish, payvandlash va gaz alangasi bilan ishlov berishning boshqa turlariga oid ishlar, shuningdek, boshqa manbalardan ochiq olovni qo‘llash ishlari mazkur Qoidalar talablariga asosan bajariladi. 28. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan texnik foydalanish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun lavozim, ishlab chiqarish, xavfsiz ishlash uslublari va yong‘in xavfsizligiga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak. Yo‘riqnomalar gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining xususiyatlari, jihozni ishlab chiqargan zavod talablarini va ishlab chiqarishning aniq shartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 29. Lavozim yo‘riqnomasida rahbarlar va mutaxassislarning huquq va vazifalari aniq belgilanadi. 30. Ishlab chiqarish yo‘riqnomasi turli jarayonlarni bajarishning texnologik ketma-ketligi, bajariladigan ishlar sifatini tekshirish uslublari va hajmlarini o‘z ichiga oladi. Gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdagi ishlab chiqarish yo‘riqnomalariga berkitish armaturasi va nazorat-o‘lchov asboblari o‘rnatilgan joylar ko‘rsatilgan sxemalar ilova qilinadi. Obyektlarda qayta qurish va texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish hamda texnologik jarayonni o‘zgartirish uchun jihozlar ishga tushirilgunga qadar ishlab chiqarish yo‘riqnomasi va texnologik sxema qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Ushbu obyektlardan foydalanishga aloqador barcha ishchi-xodimlar amalga oshirilgan o‘zgarishlar tatbiq etilgunga qadar navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkaziladi. 31. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari haqidagi yo‘riqnomalar yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak. 32. Tashkilotlar o‘zlari foydalanayotgan gaz quvurlari va gazlashtirilgan obyektlar qurilishiga oid loyiha va ijro hujjatlarini o‘zida saqlashni ta’minlaydi. Ko‘rsatilgan hujjatlar faqat gaz xo‘jaligi tashkilotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish holatlaridagina foydalanishga berilishi mumkin. 33. Har qaysi texnik qurilma va gaz quvuri uchun foydalanish pasporti tuzilib, unda asosiy texnik tavsiflar, shuningdek, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 34. Har bir tashkilotda rahbar buyrug‘i bilan mazkur Qoidalar bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazilgan, rahbarlar yoki texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanadi. Bir necha sex (bo‘linma)larida gaz ishlatiladigan tashkilotlarda gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan xavfsiz foydalanishga mas’ul shaxsdan tashqari rahbar buyrug‘iga asosan tashkilotlarning alohida sexlari (bo‘linmalari)ga gaz xo‘jaligiga javobgar shaxslar tayinlanadi. 35. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan o‘z kuchlari bilan foydalanadigan tashkilotlarda gaz xizmati tashkil etilishi mumkin. Gaz xizmatining vazifalari, tuzilmasi va uning soni tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va uning tegishli buyrug‘i bilan tayinlanadi. 36. Tashkilotlarning gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan xavfsiz foydalanishga mas’ul shaxsning vazifalari lavozim yo‘riqnomasida belgilab qo‘yiladi. Yo‘riqnomada: gaz ta’minoti rejimining xavfsizligini ta’minlash; gaz ta’minoti loyihalarini ko‘rib chiqishda va gazlashtirilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oluvchi komissiyalar ishida qatnashish; sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish rejalari va yo‘riqnomalarini tuzish; tashkilotlarning gaz xo‘jaligiga oid qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlarni tekshiruvchi komissiyalar ishida ishtirok etish; mutaxassislar va ishchilarni mustaqil ishlashga qo‘yishda ularning mazkur Qoidalar bo‘yicha joriy etilgan tartiblarga amal qilishini tekshirish; gaz quvurlari va jihozlaridan xavfsiz foydalanish va ularni ta’mirlashni muntazam nazorat qilib borish; foydalanish va ta’mirlash vaqtida texnik hujjatlar to‘g‘ri yuritilayotganini tekshirish; sex (bo‘linma)larning gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan xavfsiz foyda-lanishga javobgar shaxslariga yordam berish va ularning faoliyatini nazorat qilish; eskirgan jihozlarni almashtirish va takomillashtirish bo‘yicha reja-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqish; mutaxassislar va ishchilar bilan avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rik va tekshiruvlarda ishtirok etish nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 37. Tashkilotning gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan xavfsiz foydalanilishiga javobgar shaxsga quyidagi huquqlar beriladi: gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar, shuningdek, shartnoma asosida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan aloqa bog‘lash; qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazilmagan yoki qoniqarsiz deb topilgan shaxslarga gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va gazdan xavfli ishlarni bajarishga ruxsat bermaslik; mazkur Qoidalar talablarini buzayotgan shaxslarga intizomiy chora ko‘rish haqida tashkilot rahbariga takliflar kiritish; mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan gaz qurilmalaridan foydalanishga ruxsat bermaslik; mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan gaz quvurlari va jihozlari ishini to‘xtatib qo‘yish; sex (bo‘linma)larda gaz xo‘jaligi tizimlaridan xavfsiz foydalanishga mas’ul shaxslar, gaz xizmati mutaxassislari va ishchilarini tanlashda ishtirok etish. 38. Aholi punktlarida joylashgan sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining gaz jihozlari va gaz quvurlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari shartnoma asosida, gaz ta’minoti tashkiloti yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajariladi. 39. Sanoat korxonalarining gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydala-nish gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egasi hisoblangan tashkilotlar yoxud shartnoma bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 40. Yerto‘la va texnik pol ostilarini doimiy shamollatish va gazlanganligini gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tekshirish uchun imkoniyat yaratish va yer osti muhandislik kommunikatsiyalarining kirish joy (nuqta)laridagi germetikligini ta’minlashga bino egalari javob beradi. 41. Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq olib boriladi. Sanoat korxonalari gaz ta’minoti va ichki gaz quvurlari hamda gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq bajariladi. Gazni tartibga solish punkti va gazni tartibga solish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq olib boriladi. Emirilishdan elektr kimyoviy usulda himoyalash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq ta’minlanadi. Avariya vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish ishlari ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling