Iqtisodiyot / Sanoat]
Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi korxonalari gaz ta’minoti, ichki gaz quvurlari va gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
Download 135 Kb.
|
226 16.03.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Sanoat obyektlariga qo‘yiladigan talablar. 2.1. Tabiiy gazga qo‘yiladigan talablar
Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi korxonalari gaz ta’minoti, ichki gaz quvurlari va gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Gaz sizib chiqayotgan gaz jihozlaridan foydalanganda xavfsizlik avtomatikasi hamda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan jihozlar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan iste’molchini ogohlantirmasdan gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi. 2. Gaz quvurlari o‘tkazilgan hamda gaz jihozlari va armaturalari o‘rnatilgan xonalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kirishi uchun imkoniyat yaratilishi kerak. Ulardan omborxona, ustaxona va boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Gaz quvurlariga yuk osish va ulardan tayanch konstruksiyalar hamda yerga ulagichlar sifatida foydalanish taqiqlanadi. 3. Himoya va nazorat asboblarini ulamasdan gaz jihozlarini ishlatish taqiqlanadi. 4. Ishlayotgan gaz jihozlarini doimiy nazoratsiz qoldirishga ruxsat etilmaydi. 5. Mavsumiy ishlaydigan gaz jihozlari isitish mavsumi yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tarmoqdan tamg‘alash yo‘li bilan uzib qo‘yiladi. Nosoz va mavsumiy ishlaydigan gaz jihozlarining gaz quvuridan uzib qo‘yilganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 6. Gaz jihozlarini bo‘laklarga ajratib ta’mirlashda hamda xona va binolarni to‘liq ta’mirlashda gaz quvurlari va jihozlari gaz ta’minoti tizimlaridan tiqinlar o‘rnatish orqali uzib qo‘yiladi. 2-bob. Sanoat obyektlariga qo‘yiladigan talablar. 2.1. Tabiiy gazga qo‘yiladigan talablar 7. Sanoat korxonalarining va qishloq xo‘jaligi korxonalarining gaz jihozlari oldiga gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ilib qo‘yiladi. 8. Sanoat korxonalarining va qishloq xo‘jaligi korxonalarining gaz jihozlari va gaz quvurlariga har yili bir marta texnik va uch marta profilaktik xizmat ko‘rsatiladi. Pechlarni qurish, montaj qilish va ta’mirlash, shuningdek dudburonlar, shamollatish kanallarini ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va nosozliklarni bartaraf etish ishlarini bajarish uchun obyektning egasi tomonidan Dudburonlar xizmati jalb qilinadi. 9. Quyidagi holatlarda gaz jihozlaridan doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz foydalanishga ruxsat etiladi: gaz jihozlari xavfsizlik himoyasi va avtomatik tizim bilan jihozlanganda; binoda gaz chiqishini aniqlaydigan asboblar mavjud bo‘lib, ularning ma’lumoti doimiy navbatchi bo‘ladigan xonaga ulanganda; gaz jihozlarini avariyaviy to‘xtatishga bog‘liq ishlarni bajaradigan, dispetcherga tezkor bo‘ysunadigan navbatchi xodimlar bo‘lganda. 10. Himoya tizimi ishga tushirilganda quyidagi holatlarda gaz berilishi avtomatik tarzda to‘xtatiladi: yondirgichlar oldida gaz bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishida; dudburondagi havo so‘rishining pasayishida; majburiy havo berish bilan jihozlangan qozon yondirgichlari oldida havo bosimi pasayganda; qozon ishlab turganda yondirgichlar olovi o‘chib qolganda; himoya tizimlarida nosozlik yuzaga kelganda; o‘lchov vositalarida, avtomatik va oraliq boshqaruv qurilmalarida elektr toki berilishi to‘xtatilganda yoki uning kuchlanishi yo‘qolganda; gazlanish sezilganda, gaz jihozlari va quvurlarda gaz sizib chiqishi holatlari aniqlanganda; yondirgichlar oldidagi berkituvchi armaturalarni zichligi yo‘qolganda va saqlovchi qurilmalar ishdan chiqqanda. Bundan tashqari, sanoat obyektlarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan gaz berilishi quyidagi holatlarda zudlik bilan o‘chirilishi kerak: gaz yo‘llaridagi portlash klapanlari o‘rnatilgan joylar zichligi buzilganda; gaz ishlatuvchi qurilmalarning yondirgichlarida nosozliklar paydo bo‘lganda; nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatik ishlaydigan va signalizatsiya vositalari nosoz holatga kelganda; o‘txona bo‘shlig‘ida portlash yuz berganda, gaz portlaganda yoki gaz yo‘llaridagi yonuvchi qatlamlar yonganda; berkitish armaturalarini masofadan boshqarish, himoya tizimlari hamda jihoz yoki ishchi xodimlarga xavf tug‘diradigan yong‘in sodir bo‘lganda; gaz jihozlarida rejali ogohlantiruv ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda. 11. Gaz jihozini (to‘xtatilgandan so‘ng mazkur ilovaning 10-bandi talablariga muvofiq) ishga tushirish tartibi ishlab chiqarish yo‘riqnomasida belgilab qo‘yiladi. Bunda gazning berilishi nosozliklar bartaraf etilgandan keyin amalga oshiriladi. 12. Gaz jihozlarini ta’mirlashdan oldin ularning o‘txonalari yoki gaz yo‘llarini ta’mirlash va ko‘zdan kechirish, shuningdek, mavsumiy ishlaydigan qurilma gaz jihozlari, o‘t oldirish yondirgichlari, gaz quvurlari, gaz tarmog‘idan berkitish armaturalaridan keyin tiqin o‘rnatish va sanoat obyektining mas’ul xodimlari tomonidan tamg‘alash yo‘li bilan o‘chirish lozim. 13. Sanoat korxonasi va qishloq xo‘jaligi korxonasi ma’muriyatidan mavsumiy ishlatiladigan qurilmalar, jumladan isitish qozonlarini ishga tushirishdan oldin quyidagilar talab etiladi: Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bilimlarini tekshirish; gaz jihozlari va avtomatik nazorat tizimlarini ko‘rikdan o‘tkazish va joriy ta’mirlash; gaz yo‘llarini tozalash va shamollatish tizimlari sozligini tekshirish. Ko‘rsatilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgandagina gaz berishga ruxsat etiladi. 14. Qozon va pech agregatlari ishga tushirilishidan oldin ularning o‘txonalari va gaz yo‘llari shamollatiladi. Shamollatish vaqti ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida belgilanadi. Shamollatishning tugaganligi gazni aniqlovchi maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Gaz quvuridagi yondirgichdan oldingi berkitish armaturasini yondirish qurilmasi ishga tushirilgach yoki unga yonayotgan o‘t oldirgich qurilmasi yaqinlashtirilgandan so‘ng ochish mumkin. 15. Agar yondirgichni o‘t oldirish yoki uni sozlash jarayonida alanga uzilib, ichiga o‘tib ketsa yoxud o‘chib qolsa, yondirgich va o‘t oldirgich qurilmasiga gaz berilishi zudlik bilan to‘xtatiladi. Xavfsizlik quvurlari va gaz yondirgich moslamalari orqali qozon gaz quvurlarini puflash taqiqlanadi. Pech va agregatlarga yetkazib beriladigan quvurlarga uzatilayotgan gaz tajriba yoki hisoblash yo‘li bilan aniqlangan vaqt davomida va ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida ko‘rsatilganidek, tizimdagi barcha havo zichlab chiqarilgunga qadar haydaladi. Gaz haydashning tugaganligi qozon gaz quvurlari ichida kislorod borligini tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Bino (imorat, xona) hajmiga nisbatan kislorod bir foizdan ko‘p bo‘lsa yondirgichlarni yoqish taqiqlanadi. 16. Ta’mirlanadigan qozon, pech va boshqa agregatlarning tutun yo‘llari umumiy yo‘nalishdan shibyerlar yoki to‘siqlar yordamida ajratib qo‘yiladi. 17. Barcha qurilmalar o‘chirilgandan so‘ng yetkazib beruvchi va xavfsizlikni ta’minlovchi gaz quvurlaridagi berkitish armaturalari doim ochiq holatda bo‘lishi lozim. 18. Sex yoki qozonxonada portlash va yong‘in yuz berganda gaz quvurining kirish qismidagi o‘chirish qurilmalari darhol berkitilishi kerak. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling