To’g’ri – Noto’g’ri:
1. Real yalpi milliy mahsulot – bu joriy narxlarda o’lchangan, yil davomida ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatidir.
2. Qo’shilgan qiymat va yakuniy mahsulot qiymati kattaliklari o’zaro teng.
3. Oila qarovi bilan bog’liq uy bekasi xizmatlari SMMni hisoblashda e’tiborga
olinadi.
4. Transfert to’lovlari oluvchi, buning uchun davlatga biror narsa berishi shart.
5. SMMni hisoblashda sof investisiyalar hisobga olinadi.
6. YaMM hajmi jamiyatning sof iqtisodiy farovonligini aniq aks ettiradi.
7. Shaxsiy va tasarrufdagi daromadlar hajmi teng.
8. SMM Milliy daromaddan amortizasiya qiymatiga ortiqdir.
9. Tovar zahiralarining sotilishi yalpi va sof investisiyalarning qisqarishiga olib
keladi.
10. Sof milliy mahsulot o’zgarishlarining yillar bo’yicha taqqoslanma tahlili
taqqoslanma narxlardan foydalanishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |