Talab va taklif tahlili asoslari
Bozor iqtisodiyotining holati, uning rivojlanish mexanizmi va darajasi talab
va taklif tushunchalari yordamida bayon etiladi.
Talab, ayni vaqtda iste’molchining bozorda taklif etilgan har bir narx
bo’yicha mahsulotni sotib olishga tayyorligini ochib beruvchi shkala bilan
tavsiflanadi. Talabning o’zgarishiga narxiy va g’ayrinarxiy omillar ta’sir etadi.
Talabning narxga bog’liqligi talab qonuni orqali qayd etiladi va salbiy
og’ishga ega egri chiziq orqali ifodalanadi. Talab o’zgarishning narx darajasiga
teskari bog’liqligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: Birinchidan, narx pasayishi
xaridorlar
sonini
ko’paytiradi.
Ikkinchidan,
narxlarning
pasayishi
iste’molchilarning xarid qobiliyatini oshiradi. Uchinchidan, bozorlarning to’yinishi
qo’shimcha mahsulot birligi foydaliligining kamayishiga olib keladi, shuning
uchun iste’molchilar mahsulotlarni faqat past narxda sotib olishga tayyor
bo’ladilar.
P
P
1
P
2
0
Q
Q
4
Q
3
Q
2
Q
1
D
1
D
2
Do'stlaringiz bilan baham: |