Iqtisodiyot asoslari pdf


“Buning  uchun  korxona  va  fuqarolarga  keng  iqtisodiy  erkinlik


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/165
Sana09.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#262760
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

“Buning  uchun  korxona  va  fuqarolarga  keng  iqtisodiy  erkinlik 

berish,  ularning  xo’jalik  faoliyatiga  davlatning  bevosita  aralashuvidan  voz 

kechish,  iqtisodiyotni  boshqarishning  ma’muriy  -  buyruqbozlik  usullarini 

bartaraf  etish,  iqtisodiy  omillar  va  rag’batlantirish  vositalaridan  keng 

foydalanish.  Iqtisodiyotda  moddiy,  tabiiy va  mehnat  resurs-laridan samarali 

foydalanishni  ta’minlaydigan  chuqur  strukturaviy  o’zgarishlar  qilish, 

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishning pasayib 

borishiga  barham  berish,  moliyaviy  ahvolning  barqarorlashuvini  ta’minlash 

iqtisodiy  islohotlarni  ro’yobga  chiqarishning  g’oyat  muhim  sharti  bo’lmog’i 

kerak.”

  (I.A.Karimov  O’zbekiston  buyuk  kelajak  sari"  T."O’zbekiston"1998y. 

189-b.) 


Monopolistik, nomukammal raqobat doim mavjud bo’lib kelgan, biroq, XIX 

asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlarida  monopoliyalarning  vujudga kelishi  bilan, 

yanada  kuchaydi.  Ushbu  davrda,  kapitalning  jamg’arilish  va  markazlashuv 

jarayoni  kechadi,  hissadorlik  jamiyatlari  vujudga  keladi,  tabiiy,  moddiy  va 

moliyaviy  resurslar  ustidan  nazorat  o’rnatiladi.  Monopolistik  faoliyatning  asosiy 

belgilari  bo’lib,  monopol  narxlar  va  monopol  foyda  bo’lib  hisoblanadi. 

Korxonaning  monopol  mavqei,  korxonaning  noYob  resurslarga  egalik  qilishi 

tufayli,  "tabiiy"  ham  bo’lishi  mumkin,  biroq,  korxonalar  sun’iy  tarzda,  tashkiliy 

usullarni qo’llab ham,  monopoliyalarni tashkil etishlari mumkin. Ba’zi holatlarda 

davlat ma’lum bir ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishni o’z qo’lida ushlab turish 

maqsadida,  monopolistik faoliyat yuritadi. Davlat monopoliyasi asosan davlat va 

jamiyat  ahamiyatiga    ega  bo’lgan  neft’  va  gaz,  energetika  komplekslari,  temir 

yo’llar, havo yo’llari va ayrim sanoat ishlab chiqarish sohalarida mavjud bo’ladi va  

ularning faoliyati davlat boshqaruv organlari rahbarligida amalga oshiriladi.  

Amaliyotda  monopolistik  faoliyat  yuritishning  bir  qator  keng  tarqalgan  

kartel’, konsern, sindikat kabi shakllari mavjud: 




 

43 


 

Kartel’

  -  ishlab  chiqarishning  bir  tarmog’iga  asoslangan  korxonalar 

birlashmasini  ifoda  etadi.  Kartelga  a’zo  bo’lgan  korxonalar  mustaqil  ish 

yuritadilar, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarilgan mahsulotga ham egalik 

qiladilar. Lekin, birlashmaga a’zo bo’lgan korxonalar monopol foyda olish uchun, 

mahsulot ishlab chiqarish, sotish baholari to’g’risida kelishib oladilar. 

 


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling