Iqtisodiy o’sish
Iqtisodiy o’sish nazariyasi javob berishga intiladigan muhim masala uzoq
muddatda, ya’ni to’la bandlik sharoitida qanday tarzda nominal mahsulot real
hajmini oshirish mumkinligiga borib taqaladi. Bu masalaga javob amaliy
ahamiyatga ega, chunki masalaning echimi resurslar cheklanganligini engib
o’tishga va jamiyat ehtiyojlarini qon-dirish uchun iqtisodiyot imkoniyatlarini
kengaytirish imkonini beradi.
Iqtisodiy o’sish ikki usul bilan o’lchanadi:
1. Real YaMM hajmining ma’lum muddat davomida o’sishi.
2. YaMM hajmining aholi jonboshiga nisbatan o’sishi.
Iqtisodiy o’sish omillarini uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Taklif omillari – tabiiy resurslar, mehnat resurslari, asosiy kapital hajmi,
texnologiya.
2. Talab omillari – umumiy xarajatlar darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |