64
IQTISODIY ATAMA VA TUSHUNCHALAR
A
Avuar - to’lovlarni amalga oshirish mumkin bo’lgan, bankning xorij banklarida
mavjud bo’lgan pul mablag’lari.
Agrosanoat majmui - qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va unga
xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar majmuidan iborat bo’lgan,
iqtisodiyotning alohida sohasi.
Agrar munosabatlar - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonida erdan
foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar.
Akselerator - kapital qo’yilmalarining hajmi ishlab chiqarish hajmlari
o’zgarishiga bog’liq bo’lgan, iqtisodiyot modeli.
Aktiv - korxona mulkining pul mablag’lari ko’rinishidagi ifodasi.
Aksiz - tovar narxiga ustama sifatida iste’mol tovarlariga belgilanuvchi egri
soliqlarning bir ko’rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: