Davlatning byudjet - fiskal siyosati - davlatning makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida byudjet xarajatlari va soliqlarni boshqarishga qaratilgan
siyosati.
Deval’vasiya - valyuta kursining rasmiy tarzda pasaytirilishi.
Deflyasiya - inflyasiyaga teskari bo’lgan jarayon, milliy iqtisodiyot miqyosida
o’rtacha narxlar darajasining ish faolligining susayishi natijasida pasayishi.
Diversifikasiya - bir vaqtning o’zida korxona tomonidan bir biriga bog’liq
bo’lmagan ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi va rivoj-lantirilishi.
Diler - o’z hisobidan va o’z foydasini ko’zlab birja savdolarida vositachilik
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki firma.
Depozitariy - depozit va qimmatli qog’ozlarni saqlash va ularning hisobini
yuritish bilan shug’ullanuvchi huquqiy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |