Iqtisodiyot bu ijtimoiy fan
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o’rganishda davrlash tizimidan foydalanish
Download 258 Kb.
|
1-Мавзу
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o’rganishda davrlash tizimidan foydalanishTaniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g’oyalar o’z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo’lib, ular bilan chambarchas bog’langandir; bu g’oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o’zgarishda bo’ladi, agar bu g’oyalar o’z maqsadlariga to’la javob berishni ko’zlasalar, doimo shunga mos ravishda o’zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo’jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A. Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma‘lum bo’ldi, vaholanki undan avvalgi ko’pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko’pchilikka ma‘lum bo’lmasdan «O’lik mol» sifatida yotgan. Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko’rishimizdir. Biz murosadan ko’ra bahsni ko’proq yaxshi ko’ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish” 2 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-27-b. yondashuvimizdir, ya‘ni biz kichkina urug’dan qanday go’zallik paydo bo’lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g’oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelgan. Ularning barchasini to’la o’rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur. Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g’oyalarni ma‘lum tizimga solish va shu asosida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo o’tgan davr hodisalari va g’oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo’rma-zo’raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o’rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi. Merkantilizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo’lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo’ladi va ko’payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so’zidan olingan bo’lib, «savdogar» ma‘nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi. Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq xo’jaligida vujudga keladi, degan g’oyani ilgari suradilar. Bu ta‘limotning asoschisi Fransua Kene (1694-1774) hisoblanadi. Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo’jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi. U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini e‘tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir. A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o’z-o’zini tartibga solishi («ko’rinmas qo’l») g’oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat bu shaxsiy manfaatdir, deb ko’rsatadi. D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko’rsatadi. Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo’lmog’i lozim, deb ko’rsatadi. Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo’q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste‘molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o’rnatish talabi bilan chiqadilar. Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to’g’risidagi ta‘limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratadi. Marjinalizm vakillari (marginal-me‘yoriy, qo’shilgan) — tovar nafliligi, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shunga ko’ra narx xarajatga bog’liq bo’lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem- Baverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi. Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi. Funksional bog’lanish g’oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o’zgarishning ichki kuchlarini ko’rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan. Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko’rsatishini asoslaydi. Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. 1.1-rasm. Iqtisodiyoning turli yo’nalishlari va maktablari Monetarizm – (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko’ra xo’jalik yurituvchilar o’rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o’zgarishlar orqali ham ta‘sir ko’rsatish mumkin. Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g’oya nihoyatda ahamiyatli bo’lib, bosib o’tilgan yo’lni to’g’ri baholash va kelajak istiqbolini ko’zlash haqida fikr yuritishga undaydi. Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy va bosh g’oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo’llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko’ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo’lgan iqtisodiy g’oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy manbasi ekanligi turli yo’llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan. Yana bir muhim masala ustida to’xtab o’tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g’oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g’oyadagi «xato» va «kamchiliklar»lar aniqlanib, yangi g’oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek avvalgi g’oyalar tufayli odatda yangi g’oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g’oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo’lmaydi. A. Smitning mashhur asarida o’zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o’rganilgan va yangi g’oya vujudga kelgan. Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo’lgan shaxslarning ko’pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo’yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo’lganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P. Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, A.Smit faylasuf bo’lishgan. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin, ammo biz ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining predmeti va o’rganish uslublari―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi. ―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani barcha ijtimoiy fanlar, ayniqsa ―Iqtisodiyot nazariyasi‖, ―Mikroiqtisodiyot‖, ―Makroiqtisodiyot‖, ―Siyosatshunoslik‖ fanlari bilan bevosita uzviylikda o’rganiladi. ―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani ayniqsa, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani bilan chambarchas bog’liq. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖da asosan, eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so’nggi davr uchun tahlili beriladi. ―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fani esa kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g’oya, nazariya va ta‘limotlarni, ularning o’ziga xos xususiyatlarini hamda umumiy tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o’rganish orqali insonning ilmiy dunyoqarashi o’zgaradi, uning intellektual rivojlanishini rag’batlantiradi va eng qiziqarli mashg’ulotiga aylanadi. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo’lgan. “Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanining o’rganish predmeti – iqtisodiy jarayonlarga bo’lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g’oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta‘limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy ta‘limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy ta‘limotlar iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri aks ettirish, ularga faol ta‘sir ko’rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta‘sir ko’rsatadi. Hammaga ma‘lumki, ko’pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta‘limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rib chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta‘limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. ―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fanini o’rgangach, iqtisodchi mutaxassislar eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonunlari mohiyatini ochib berish, muqobil xo’jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo’lgan o’zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar. Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo’lgan fanlarning biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o’rganish bir tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish maqsadida zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo’nalish vakillarining nazariy meroslarini yaqin zamondagi tariximizga xos bo’lgan noto’g’ri talqin qilishdan xoli bo’lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga yana tarixiy iqtisodiy bilimlarni egallash uchun ham zarurdir. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga asoslanadi:Download 258 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling