"iqtisodiyot" fakulteti "bank ishi" fanidan mustaqil ish
Download 492.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Oltin pul sifatida .. Adham10.03.
2.
ILK BOR OLTIN MONOMETALIZMI (STANDART) PUL TIZIMI SIFATIDA Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht (zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) standarti. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin pulning barcha funktsiyalarni bajaradi. Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi, ko’pincha mamlakat zarbxonasida. Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi. Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi. Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi bo’lgan. Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullaming oltin tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. 8 Bu davrda oltin tanga standarti urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o’z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700 f.st , Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan. Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan oltin valyuta standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan. 1944 yilda tashkil qilingan Brettonvud Jahon valyuta tizimi o’zi bilan davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati bo’yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari oltin bilan aloqador bo’lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli qo’yilmalarni dollarga sotish to’xtatildi va oltin-dollar standartga ham yakun yasaldi. 2 Download 492.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling