"iqtisodiyot" fakulteti "bank ishi" fanidan mustaqil ish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish pul tizimi mazmuni turlari va elementlari(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. PUL TIZIMI TURLARI
2 Pul va banklar: Darslik / A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev; - Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 124-128 b. 11 3. PUL TIZIMI TURLARI Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat boldi. Xususan: metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar tolov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon boladi; qog'oz va kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog'oz kredit pullari tomonidan muomaladan chiqariladi. Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo'lishidan qa’tiy nazar, to’lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo’linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi. Bimetallizm - bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi. Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI - XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866-yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo'yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o'rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o'rnatildi. XIX asming o‘rtalarida ushbu tenglik o'rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg'armasini bajara boshladi. Jamiyatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy yagona umumiy ekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 12 Monometallizm pul tizimi sharoitida - bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umumiy ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. Xalqaro valyuta kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to’liq va XX asming boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o’ynaydi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 - 1914 yillarga to‘g‘ri keladi. Oltin tanga standarti tovarlaming bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to’lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funksiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bolgan oltin tangalar “avtomatik ravishda” jamg'armaga yo‘naltiriladi, muomalada qo'shimcha tolov vositasiga ehtiyoj tugallganda ular jamg'armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilaming tovar moddiy qiymatlarga bo’lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: oltin tangalami qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; o'zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullami maydalash; oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi; oltin pulning barcha funksiyalarini bajarishi; Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlami vujudga kelishiga sabab bo’ldi, buning natijasida hukumat budjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullami emissiya qildi. O'z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni qog'oz pullarga almashtirish va xorijga olib 13 chiqib ketish qonunan taqiqlab qo'yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi. Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o'matilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalaming tolov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo'lgan AQSh, Angliya, Fransiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko'ra muomalaga oltin tangalaming erkin zarb qilinishi barham topib, pullami oltinga almashtirish quymalaming qiymati asosida chegaralanib qo'yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quymasi 12,4 kg.ga to'g'ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Fransiyada bir quyilma 12,7 kg bolib, ushbu quyilma 215 ming frankka baholanar edi. Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo’lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog’liqligi vujudga keldi. 1929-1933-yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to'xtatdi, 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisobkitoblarda qog'oz - kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. o Ushbu tizimning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: o oltinning umumiy ekvivalent sifatida muomaladagi harakati to'xtatildi, banknotalarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan boldi; o banklaming kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi; o pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob-kitoblar egallay boshladi; 14 o davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. Qog'oz va kredit pullar tizimi. Qog‘oz va kredit pullar tizimining evolyutsion rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada tejamliroq bo’lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda. Agar dastlabki qog'oz pullar taxminan X asming oxiri XI asming boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo’lsa, 1930 yillaming oxiriga kelib ular qatorida kredit pullari to’lov hisob-kitob va pul aylanmalarini amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul- kredit siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko'rsata boshladi. Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklaming kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron-plastik kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi. Muomalaga pullami emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy bank sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu resurslami naqd va naqd pulsiz ko'rinishida muomalaga chiqarishi mumkin. Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning majburiyati bolib, tijorat banklari ushbu pullami muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat banklari qog'oz va kredit pullami Markaziy bankdagi vakillik hisob-varag'idagi mablag’lari doirasida ishlatishi mumkin. 3 3
15 XULOSA Xulosa qilib aytganda, Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lib, rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlami o’zida mujassam etadi: • pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan taminlash va unga almashishning bekor qilinishi; • oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pulga aylanadigan kredit pullarga o’tish; • pul muomalasida naqdsiz pul aylanmasining ustunligi; • davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish borasida chora-tadbirlarning kuchayishi. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi, uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi tashkil topishining birinchi bosqichi 1993 yildan boshlab so’m-kuponlarning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimini qurishning ikkinchi va asosiy bosqichi - 1994 yil iyuldan boshlangan bo’lib, milliy valyuta «so’m»ning muomalaga chiqarilishi O'zbekiston tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tadbir hisoblanadi. Pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topishi bilan bir qatorda alohida olingan davlatlarning rivojlanish bosqichlarining o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, uning elementlari u yoki bu tomonga o’zgarishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: • pul birligining nomi; • pul birligining turlari – qog’oz va metall pullar; • ularni muomalaga chiqarish qoidalari; • pul, kredit va valyuta boshqaruvini amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan davlat organlari; • naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling