Iqtisodiyot fakulteti «Himoyaga ruxsat etilsin»


Buyuk Britaniyaning xalqaro davlatlar bilan aloqalari


Download 0.52 Mb.
bet7/13
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1162775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Buyuk Britaniyaning Iqtisodiy-geografik tavsifi

1.3. Buyuk Britaniyaning xalqaro davlatlar bilan aloqalari

Germaniya-Buyuk Britaniya munosabatlariGermaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlardir. Oʻrta asrlarning oxirlarida Ganza ligasining nemis shaharlari Angliya va Shotlandiya bilan savdo qilishni boshlaganda munosabatlar juda doʻstoʻna boʻlgan. 1871-yilda Germaniya birlashishidan oldin Britaniya koʻpincha urush paytida hukmron Prussiya bilan ittifoqchi boʻlgan. Qirol oilalari koʻpincha oʻzaro nikoh bilan sulolaviy bogʻlanishgan. Tarixchilar birinchi jahon urushiga olib kelgan oʻsib borayotgan qarama-qarshilikning asosiy sabablarini izlash uchun 1871-yildan keyin Germaniya va Britaniya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarga eʼtibor qaratishadi. Napoleon urushlari (1803-1815) davrida Prussiya bir muncha vaqt Britaniya ittifoqchisi boʻlgan va buning uchun keyinchalik yakklab qoʻyilgan. Chunki boshqa baʼzi nemis davlatlari Fransiyani qoʻllab-quvvatlaganlar. Germaniya Germaniya imperiyasi sifatida, 1914-1918-yillar orasida Birinchi jahon urushida Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari(Antanta)ga qarshi kurashgan. Germaniya, fashistlar Germaniyasi sifatida, 1939-1945-yillar oraligʻida Ikkinchi Jahon urushida Buyuk Britaniya va ittifoqchi kuchlar bilan yana jang qildi. Germaniya ikkala urushda ham Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Fashistlar Germaniyasi magʻlubiyatga uchragach, Germaniya 1945-yildan 1950-yilgacha ittifoqchi kuchlar, shu jumladan Buyuk Britaniya tomonidan anneksiya qilindi. Shundan soʻng, mamlakat Gʻarbiy Germaniya va Sharqiy Germaniyaga boʻlindi. Buyuk Britaniya Sovuq urush davrida Gʻarbiy Germaniyaning „Gʻarbiy dunyo“ga qoʻshilishi orqali Gʻarbiy Germaniya bilan yaqin ittifoqchi boʻldi. Masalan, Qoʻshma Shtatlar boshchiligidagi mudofaa hamkorligi, NATO orqali bir necha marta hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Aksincha, Sharqiy Germaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi munosabatlar sovuq urush davrida Sharqiy Germaniya Sovet Ittifoqi bilan ittifoqdosh boʻlganligi sababli yomon ahvolda edi. Gʻarbiy Germaniya dastlab Yevropa hamjamiyatiga, keyinchalik 1973-yilda Buyuk Britaniya qoʻshilgan Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻldi. Gʻarbiy Germaniya va Buyuk Britaniya tashkilotning eng qudratli davlatlari boʻlib, ikkalasi ham uning rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Germaniya Yevropa integratsiyasini keng qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Buyuk Britaniya umuman unga qarshi chiqdi. Sharqiy va Gʻarbiy Germaniya 1990-yilda Berlin devorining qulashi ortidan qayta birlashdi. Birlashish Sovuq urushning tugashini belgilab bermoqda edi. Endi Buyuk Britaniya Sharqiy Germaniya bilan ham aloqalar oʻrnatishni boshladi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish orqali Buyuk Britaniya bilan savdo va hamkorlik koʻplab sohalarda, ayniqsa tadqiqot va ishlanmalarda sezilarli darajada oshdi. Bu Germaniya va Buyuk Britaniyaning fan va universitet jamoalari oʻrtasida mustahkam aloqalarni yaratdi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling