2.3. Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar. 2.3.1. Kafedraning asosiy vazifalari.
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:
kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;
mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish;
talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;
talabaning kurs ishi rejasini tasdiqlab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;
talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
2.3.2. Ilmiy rahbarning vazifalari.
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;
- ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;
- reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;
- kurs ishiga taqriz berishi hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
2.3.3. Talabaning vazifalari.
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
mavzuga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni va statistik axborotlarni jamlashi;
ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan kurs ishi rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kurs ishining hisobotini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etishi kerak.
2.3.4. Talabalarning bilim darajasini tekshirib ko‘rish va baholash.
Talabaning kurs ishini bajarishga tayyorgarligini tekshirib ko‘rish uchun beriladigan savollar namunasi:
1. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fanining tadqiqot usullarini tushuntirib bering.
2. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fani nimani o‘rganadi?
3. Iqtisodiyotning bosh muammosi. Resurslar cheklanganligi, nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarish kerak.
4. Korxonada ishlab chiqarishni tartibga solishning asosiy printsiplari. Ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif, ishlab chiqarish samaradorligi.
5. Korxonada shartnomaviy munosabatlari va uni takomillashtirish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |