Professional
xizmatga
aloqador
bo’lmagan
sohada
auditorning harakati. Auditor auditorlik
faoliyati davrida boshqa
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.
14.
Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda
xalqaro
amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir
davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi
xizmat
ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir
alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki
xizmat ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har
qanday holda ham auditor audit andozalari va axloqiy talablarga muvofiq
ravishda kasbiy xizmatlar ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A»
davlatda
xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning axloqiy talablari «V» davlatda
qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar qo’llaniladi:
- xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra
engilroq bo’lsa, bu holda «V» davlat auditorlarining
axloq kodeksi
qo’llanilishi lozim;
-xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra
qattiqroq bo’lsa, bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A»
davlatdagi
axloqiy talablar qo’llanilishi lozim.
-mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida
xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa
va yuqorida bayon
etilganlardan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi
lozim.