Iqtisodiyot” fakulteti “transport iqtisodiyoti” kafedrasi “tasdiqlayman” “transport iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri
Download 0.78 Mb.
|
ойсанамOYSANAM 3
1. MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi Mehnat bozori — bu mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo'lmagan qismlari va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlari hamda ularing shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko'p aspektli, o'suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir. «Mehnat bozori» tushunchasining ijtimoiy- iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimli tadqiqoti mazkur bozor tizimiga o'tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni aniqlashga imkon beradi: - ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; - bozor uslubida xo'jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish; - mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko'rsatish; - ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashish; - ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o'zgartirish. Mеhnat bozorida asosiy milliy rеsurs – ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar, viloyat va tuman mintaqalari bo’yicha taqsimlanadi. Mеhnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini yеngillashtiradi. Mеhnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mеhnat bozori qanday kadrlar, mutahassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Bu ko’pgina mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qodir samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi. Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni kеngaytirishga ularni foydali faoliyatga jalb qilish ko’lamlari, shart-sharoit va shakllarini ta’minlash, ish bilan band bo’lgan xodimlarni shakllantirish, taqsimlash, foydalanish, bo’shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig’indisi, dеb ta’riflash mumkin. Bu kontsеptsiya doirasida to’la oqil (ratsional) va samarali bandlik farqlanadi. Ish bilan «to’liq» bandlik sotsializmdagi mеhnatning umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. U mеhnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mеhnat bilan shug’ullanishning haqiqiy imkoniyatlari bеrilishi bilan bog’liq. Yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklarni hisobga olib, ish bilan to’liq bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi. Mеhnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo’jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi sifatida talqin qilish ham o’zgarib boryapti. Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatga erishish uchun o'zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo'lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o'zaro bog'langan hamda bir-birlariga qaram bo'lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar. Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish Mehnat Bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan bir hisoblanadi. Ammo bunday muvozanatni keltirish juda murakkab va albatta sun’iy usullar bilan. Bozor qonunlari asosida esa umuman mumkin emas. Buning asosiy sababi — taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishidir. Mehnat bozori konyukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilam ing sifat ko'rsatkichlari oshishi yetakchi o ‘rin egallaydi. Ish beruvchi va yollanma xodim o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy iqlim sharoitlari muhim rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo'jaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko'proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko'rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo'li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, hamda ishsizlik miqyosining ham keskin kamaytirilishiga bevosita ta’sir etadi. Ish kuchiga talab va taklifni shakllanishi diagrammasi U S D M OQ U- Ish kuchi qiymati; .Q- Mehnat miqdori; S- Mehnatni taklif qilish egri chizig’i; D- Ish kuchiga bo’lgan egri talab M- Mehnat bozori muvozanati Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarga esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan,bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo'lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlarni o'zlashtirish ko'lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, m a’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo'jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko'payishi, mehnatni qo'llash mintaqallarining yetishmasligi va boshqalar. Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilaming tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo'lgan mablag'lar jamg'armasi; yollangan xodimlaming pul daromadlari; nafaqaxo'rlar va bolalik ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo'lgan shaxslarni mablag'lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo'jaligida va yollanmasdan uymehnatida band bolganlar; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo. Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o'zgarishi bilan aniqlanadi: Mehnat bozori / Labor market
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma`lumotlariga muvofiq/ 2022Mehnat bozori jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim sohasidir. Hozirgi paytda mehnat bozori xo‘jalik yuritishning tarkibiy qismlaridan biriga aylangan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mehnat bozori ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni ifodalovchi mexanizm sifatida ko‘rilsa, boshqa iqtisodchilar guruhi mehnat bozori faqatgina ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirishga sharoit yaratadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi xildagi toifa ham mavjud bo‘lib, ularning fikriga ko‘ra, mehnat bozori - o‘z shaxsiy qobiliyati ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish hamda ularni ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash qonunlari asosida hayotiy kundalik vositalarga almashtirishi munosabatlarining murakkab tizimini ifodalaydi. Mehnat bozorining iqtisodiy tushuncha sifatidagi mohiyati uning turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi xususiyatlari, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, taqsimoti, o‘zlashtirish va foydalanish mexanizmi, u yoki bu jamiyat iqtisodiy munosabatlari tizimida ushbu tushunchaning roli va ahamiyati klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyandalari, hamda xorijiy mamlakatlar mashhur iqtisodchi olim-larining tadqiqot predmeti bo‘lgan. A.Smit va d.rikardolardan to j.Keyns, M.Fridman, YA.Kornai va ko‘p sonli boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan.Mehnat bozori tushunchasiga rossiyalik va ko‘pgina o‘zbek olimlarining ham ta’riflari mavjud.S.YU.Roshshin, T.o.razumovalarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori-mehnatga talab va mehnat taklifini o‘zaro harakatlantiruvchi, bozor mexanizmi va belgilari asosida mehnat resurslarini taqsimlashdi. P.E.Shlender va professor Y.P.Kokinning ta’rifiga ko‘ra: ”Mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,yollanma ishchi kuchi va ish beruvchilar manfaatlari kelishilgan jamiyat aloqalari ijtimoiy tizimini bildiradi. Mehnat bozori-bu birinchidan, ishchi kuchi talabi va taklifi orasida iqtisodiy aloqalar yig‘indisi, ikkinchidan, turli xil iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar va funksiyalar to‘qnashadigan joy, uchinchidan korxonalar nuqtai nazaridan, alohida korxona va uni ishchilarini o‘zaro aloqa maydoni, firma miqyosida yangi ish joyiga o‘tishni o‘ylovchi haqiqatdagi va mavjud bo‘lgan ishchilar”1B.M.Genkinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori, eng avvalo, ish beruvchi va ishga yollanganlar manfaatlarining kelishuvi mexanizmi hisoblanadi. Undan tashqari mehnat bozorida ijtimoiy aloqalar boshqarish zarurati hosil bo‘lib, davlat manfaatlari belgilanadi”2. L.Maksakova “Mehnat bozori” tushunchasining o‘rniga “ishchi kuchi bozori” tushunchasini qo‘llashni zarur, deb hisoblaydi. “Mehnat resurslari bozori” tushunchasi qo‘llansa, yanada to‘g‘riroq bo‘ladi, deydi3.Tadqiqotchi V.A.Pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini ham yollanma mehnat bilan band bo‘lganlar ham band bo‘lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:”Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o‘rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy muno-sabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan”.I.S.Maslovaning ta’rifi bo‘yicha mehnat bozori-bu o‘suvchi tizim, unda mulkchilik sub’ektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va “yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o‘zaro ta’sir etadi”. Mehnat bozori mavjud, ammo “kesik, shakli o‘zgartirilgan ko‘rinishda, buning ustiga har narsani o‘z ichiga oladigan xarakterga ega bo‘lmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling