"iqtisodiyot" fakulteti
NOMODDIY AKTIVLAR AUDITINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
Download 71.85 Kb.
|
mustaqil ish Sultanov B audit
NOMODDIY AKTIVLAR AUDITINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
Respublikamizda iqlisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi tufayli subyekt mablag'lari va mablag'lar manbalarini, shuningdek, ulaming harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining obyekti bolgan va tegishli nazorat o'matilishini talab etuvchi xojalik mahlag‘larining yangi turlari paydo bo‘ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli subyektlar. firmalar va aksiyadorlik jamiyatlarining xojalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha turlari kirib kelmoqda. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir. «Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari, moddiy aktivlar tashkilotga daromad kelishini ta'minlovchi yagona omil emasligi va ularning ashyoviy negiz kabi klassik belgiga ega bo'lmagan, lekin subyektning foyda olish jarayonida g'oyatda muhim rol o'ynashi mumkin boMgan boshqa turlari mavjudligi tobora yaqqol sezilib bormoqda. Nomoddiy aktivlar, bizning fikrimizcha, bugungi kunda milliy buxgalteriya hisobi uslubiyotining eng murakkab muammolaridan biridir. Buxgalterlaming ushbu obyektlar bilan bog'liq kundalik amaliyoti asosan quyidagi holatlar tufayli qiyinlashadi: buxgalteriya hisobi uslubiyotida ayrim masalalaming ishlab chiqilmaganligi, bunga ko“p jihatdan muomalalarning huquqiy shakli va iqtisodiy mazmuni o'rtasida hamjihatlik konsepsiya* sining yo'qligi sabab bo'ladi; turli me'yoriy hujjatlar o‘rtasida qonun chiqarish texnolo- giyasimng o‘zidagi nuqsonlar tufayli vujudga kelgan ziddiyatiar va nomutanosibliklar. 0‘zbekiston Respublikasi 7-son BHMS ga ko'ra. nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlami solish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma'muriy va boshqa funksiyalami amalga oshirish uchun uzoq muddal mobaynida tutib turiladigan. moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo'lmagan mol- mulk obyektlaridir». 0‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS ga muvofiq, «Subyektga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlaming mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axhorotlarni umumlashtirish quyidagi schyollarda amalga oshiriladi: 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular»; 0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»; 0430-«Dasturiy ta'minot»; 0440-«Yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi»; 0450-«Tashkiliy xarajatlar»; 0460-«Franchayz»; 0470-«Mualliflik huquqlari»; 0480-«Gudvill»; 0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar». Nomoddiy aktivlaming asosiy vositalardan farqi — moddiy- ashyoviy qiymatga ega emasligi. Subyektning barcha aktivlari bilan nomoddiy aktivlarni birlashtiradigan ularning foyda keltira olishidir. Bizningcha. umumiy holda nomoddiy aktivlar deganda, qiymatga ega bo‘lgan intellektual mulk obyektlari va shu kabi boshqa aktivlardan foydalanish huquqi nazarda tutiladi. Xususan. quyidagi tavsiflarga javob beradigan har qanday intellektual mulk obyektlari buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar deb e’tirof etilishi mumkin: moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan yoki moddiy- ashyoviy shakli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lmagan yohud moddiy-ashyoviy shakli me’yoriy-huquqiy cheklashJar sahabli e’liborga olinmaydigan obyektlar; mahsulot ishlab chiqarishda, ish bajarish yoki xizmat ko'reatish mobaynida foydalanishga yoki tashkilotni boshqarish uchun mo'ljallangan obyektlar; uzoq vaqt davomida, ya'ni kamida bir yildan oshadigan vaqt davomida foydalanish niyatida sotib olingan obyektlar; bir maromli sharoitda qaytadan sotish niyati bo‘lmagan obyektlar». Nomoddiy aktivlaming o'ziga xos turi — «gudvill» (firman- ing narxi) tushunchasidir. Ushbu atama asosan subyektning ishbilarmonlik nufuzini aks ettiradi va u subyekl o‘z aktivlarining qiymatidan yuqori narxga sotib olinganda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ular (yoki ulaming bir qismi) ni baholangan sotish narxdan farqli ravishda kimoshdi savdosida amalga oshiriladi. Runday hollarda to'Iangan narx obyektning baholangan narxidan yuqori bo'lgan qismi «firmaning narxi» ni tashkil qiladi va haridor tomonidan nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi. «Firmaning narxi* tushunchasining o'lchamiga turli omillar ta’sir qiladi, jumladan: subyektning joylashgan o‘mi; subyekt faoliyatining samaradorligi; mahsulotning raqobatbardoshligi va h.k. Nomoddiy aktivlaming qiymatga egaligidan tashqari, ulami subyektning boshqa aktivlari bilan hisobda birlashtiradigan yana hir xususiyati shuki, ulaming o‘zi alohida bir obyekt bo‘lib, mulk egasidan yoki boshqa xojalik birligidan ajratib, boshqa foydalanuvchilarga be rib yuborish mumkinligidir. Biroq «fir- maning narxi», savdo markasi va belgilar hamda shu kabi boshqa aktivlar bunday sifatga ega emaslar. Subyekt tomonidan sotib olingan nomoddiy aktivlaming dastlabki hand qiymati sotuvc hi laming to'Iangan yoki to‘lov uchun qabul qilingan schyotlari asosida qayd qilinib, hisobga olingandan so‘ng 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyotida aks ettiriladi. Subyektlar nomoddiy aktivlarni sotib olish bosqichida agar, ulardan foydalanish sharoitlari buni talah qilsa, ularni inventar qiymatini aniqlash va foydalanishga yaroqli holatga keltirish za- ruratiga duch keladilar. Shuning uchun nomoddiy aktivlarning inventar qiymati ularni yaratish yoki sotib olish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlaridan tashkil topadi. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» nomli modda bo'yicha (boshlang‘ich qiymati (020-satr), eskirishi (021-satr), qoldiq qiymati (022-satr) aks ettiriladi. Hisobotga beriladigan tushuntirishlarda quyidagi axborot- larning mohiyati bayon qilinishi lozim: nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo'yicha); qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to'g'risidagi; amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari to'g'risidagi. Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog'liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me'yoriy huiiatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog‘liq. Agar nomoddiy aktivlar pul o‘tkazish yo'li bilan sotib olinsa yoki subyektning o‘zida yaratilsa. 21-son BHMS ga muvofiq, 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo'shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlaming hisobdan chiqarilishi bilan bog'liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 21-sonli BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h.k) 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqimi» schyo- tida aks ettiriladi Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko‘rilsa: Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar*, Kredit 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqimi*. Agar foyda olinsa: Debet 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqimi», Kredit 9320 - «Boshqa aktivlaming chiqimidan olingan foyda» buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to'g'riligini tekshirish. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlaming aynm turlari qo'shimcha qiymat solig'i (QQS) dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo'yicha QQS summasi quyidagi hollarda budjetga o‘tkaziladi. sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yelkazib beruvchilarga to'langanida; nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatil- ganida. Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko'isatilgan bo'lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko'rsatilmaydi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiy- matiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220 - «Boshqa aktivlam- ing chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summa- siga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlami jamlash)» schyotiga o‘tkaziladi. Mahsulot (ish. xizmat) lar tan- narxi, foyda, budjet bilan hisob-kitob ko‘rsatkichlari, shuning- dek, xususiylashtirilayotgan davlat subyektlari mulklarini baho- Iashning asoslanganligi ko‘p jihatdan nomoddiy aktivlaming mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaming haqqoniyligiga bog'liq. Shunga ko‘ra, nomoddiy aktivlami hisobda ro‘yxatga olish- ning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o‘z nomiga ko'ra moddiy negizga ega bo'lma- ganligi uchun subyektda u yoki bu obyektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalteriya nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi. Buxgalteriya hisobining umumiy prinsiplariga ko‘ra har qan- day nomoddiy aktiv kinmi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o'zining mazmuni va tavsifiga ko‘ra, asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o'xshash bo'lishi lozim. Hujjatlarda obyektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati. foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi. nomoddiy aktiv foydala- nadigan bo‘linma va boshqa ma’lumotlar ko'rsatilishi lozim. Nomoddiy aklivlami kirim qilishda dastlabki hujjatlar hilan hirga ularni identifikalsiyalovchi (aynan o'xshatuvchi) hujjatlar ham bo'lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o'zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi huiiatlar. shun- ingdek, subyektning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hu- jjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan obyekti obyektiv shaklda mavjud bo'lishi lozim. Sanoat namunalari va kashliyot huquqlarini sotib olish pat- cntlar. guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Subyekt tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu muallillik huquqlanni sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to'laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin. Subyekt «nou-xau» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun un- ing og'zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo'lishi lozim. Subyekt raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni mu- hofaza qilish uchun chora-tadbirlami ko‘rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar obyektlarning har biri uchun konkrel xodim- lami javobgarlikka tortish va ko'rilgan zarami to'Iiq qoplash uchun imkon yaratadi. Subyektlar nomoddiy aklivlami har xil yo‘llar bilan sotib oladilar va shunga ko‘ra ulaming kirimi ham hisobda lurlicha aks etliriladi. Nomoddiy aktivlar subyekt ustav kapitaliga ishtirokchilarin- ing hissasi sifatida qo'shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va subyekt aksiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aksiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi. «Mahsulot (ish, xizmat) lar lannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish. xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy nalijalami shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalami takomillashtirish va yangi- lanni yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruk- torlik ishlarini o‘tkazish bilan hog'liq mahsulotlar sifatini yax- shilash. xomashyo va materialllaming yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar subyekt qandaydir ishlab chiqarish va intelleklual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaralsa, ushbu «Nizom* dan keJib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo‘lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog'liq xarajatlar kapitallashmaydi. Download 71.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling