Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
Xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanish bosqichlari
Download 488.93 Kb.
|
Xusanboyev Sherzodbek
1. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanish bosqichlari.Ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiy hududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotitning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotitning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20-asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila "jahon qishloqlari"ga, Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari "jahon shaharlari"ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotitining bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi. Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotitining xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotitda tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir. Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar ishlab chiqarishning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotitining ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar ishlab chiqarishga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar ishlab chiqarishga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan). Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun shkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Mas, "RollsRoys" ingliz firmasi AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi ham rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi. Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotitda paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi. Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. 21-asr boshlarvda Mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida Mehnat taqsimoti 3 yoʻnalishda boradi: Umumiy Mehnat taqsimoti — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, yirik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turlari paydo boʻladi; Xususiy Mehnat taqsimoti — yirik sohalar ichidagi Mehnat taqsimoti — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari koʻpayadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, ogʻir va yengil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman Mehnat taqsimoti — korxona doirasida boʻladigan mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak boʻlgan ayrim qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar boʻyicha mehnat ixtisoslashadi. Xal qaro Mehnat taqsimoti — mehnatning mamlakatlar oʻrtasida maʼlum nisbatda va iqtisodiy nafni koʻzlagan holda taqsimlanishidir. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustuvor faoliyati sifatida birkitilishini yuzaga keltiradi. Xalqaro Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning baynalmilal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi, xalqaro savdoni yuzaga keltiradi. |
Yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.) |
Yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar); |
Yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konvensiyalar); Yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta). |
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling